Jazirama yoz kunlarida suv favvorasi ostida tashkil etilgan qiziqarli va ko‘tarinki ruhdagi dastur bolalarning quvonchiga quvonch qo‘shib, ularning yozgi ta’tilini yanada mazmunli va esda qolarli o‘tishida muhiz ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, mahalla aholisi, ota-onalar va bolalar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong'in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etish, zilzila sodir bo'lganda to‘g‘ri harakat qilish, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish tartibi, jazirama issiq sharoitida ehtiyot choralarini ko‘rish, taqiqlangan va nazoratsiz suv havzalarida cho‘milmaslik hamda suvda xavfsizlik qoidalariga amal qilish yuzasidan keng qamrovli profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.
Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi. Tadbir davomida xavfsizlik qoidalariga rioya etishning inson hayoti va salomatligini asrashdagi muhim ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida bolalarning quvonchga to‘la chehralari, ota-onalar va mahalla aholisining samimiy minnatdorligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar xalqimizni kayfiyatini ko‘tarish bilan bir qatorda ularning xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qilayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Mazkur bolajonarga betakror shodlik ualshayotgan “Favvoralar shousi” shiori ostidagi chillenjlar joylarda FVV Akademiyasi jamoasi tomonidan muntazam ravishda davom ettirilmoqda.
Farhodjon XOJAYEV,
FVV Akademiyasi axborot va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi mayor.
Bolalarga quvonch ulashgan “Favvora shousi”
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi harbiy xizmatchilari va kursantlari, Toshkent shahar Yangihayot tumani hokimiyati hamda tuman FVB harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda "Dolzarb 60 kun" profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent shahar Yangihayot tumani aholisi va bolalar ishtirokida maxsus yong‘in-qutqaruv avtomobili yordamida tashkil etilgan "Favvoralar shousi" bolalarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.
Oltin kuz manzaralari
- ÖFA Kannavaroning terma jamoadan ketişi haqidagi xabarlarni rad etdi
- Sirdaryoda Yaponiyada işlaş istagidagi fuqarolar uçun haydovçilar tayyorlaş markazi taşkil etiladi
- Buxoro neftni qayta ishlash zavodida yuqori sifatli yonilgʻi ishlab chiqarish koʻpaytiriladi
- Buxoro tumanida neft-kimyo klasteri kengaymoqda
- Farrux Soyibjonoviç Abduraimov beş yil muddatga Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi