London Universitet kolleji olimlari dementsiya (bu aqliy faoliyatning barcha jabhalariga ta'sir qiluvchi, bilim funktsiyasining surunkali, umumiy, odatda qaytarib bo'lmaydigan pasayishi)ning asosiy sabablari va ushbu kasallikning oldini olish usullarini aniqlashdi, deb xabar beradi RIA Novosti Lancet jurnalida chop etilgan maqolaga tayanib.
2017 yilda mutaxassislar dementsiya rivojlanishiga turtki beradigan to'qqiz asosiy omilni aniqladi, ular orasida yuqori qon bosimi, eshitish qobiliyatining buzilishi, tushkunlik, diabet, semizlik, jismoniy faollik, chekish, shuningdek, ma'lumot darajasi pastligi va muloqotning yo'qligi.
YAngi tadqiqot ushbu ro'yxatga yana uchta sababni qo'shib qo'ydi. Spirtli ichimliklarni suiste'mol qilish, miya travmatik shikastlanishi va ifloslangan havo dementsiya rivojlanishiga yordam berishi aniqlandi.
SHuningdek, mutaxassislar, rioya qilinsa kasallik xavfini 40 foizga kamaytirishi mumkin bo'lgan tavsiyalarni berishdi. SHunday qilib, olimlar qon bosimini 130 mm simob ustuni darajasida ushlab turish, bosh jarohatlaridan qochishni va agar kerak bo'lsa eshitish vositalarini ishlatishdan qo'rqmaslikni maslahat berishadi. SHuningdek, ular semirishga qarshi kurashish, spirtli ichimliklarni iste'mol qilishni kamaytirish, chekishning har qanday turidan voz kechish, tez-tez yurish va yashash uchun ekologik toza joylarni tanlashni tavsiya qiladi.
Tadqiqotchilar koronavirus pandemiyasi dementsiya bilan kasallangan odamlar uchun qo'shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishini ta'kidladi. O'z-o'zini izolyatsiya qilish sharoitida muloqot etishmasligi ularning holatini yomonlashishiga turtki beradi. Bundan tashqari, ko'plab bemorlar ushbu qoidaning ahamiyatini tushuna olmasliklari sababli ijtimoiy masofani ushlamasliklari mumkin.
Britaniyalik olimlar dementsiya sababini aniqladi
Koronavirus pandemiyasi dementsiya bilan kasallangan odamlar uchun qo'shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi
Özbekistonda Koksaki virusi böyiça epidemiologik vaziyat barqaror — Sanepidqömita
- O‘zbekiston Prezidentining Iordaniyaga davlat tashrifi yakunlandi
- Özbekiston va Iordaniya 300 turdagi tovar uçun pasaytirilgan bojxona bojlarini qöllaşga kelişdi
- Toşkentda 768 mlrd sömdan ortiq kriptoaktivlar aylanmasi bilan şuğullangan guruh foş etildi
- 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov: maşğulotlar qayerda ötkaziladi va kim dars beradi?
- Samarqand xalqaro texnologiya universitetida 352 nafar talaba öqişini boşqa OTMda davom ettiriş uçun ariza berdi
Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub
- 5 million tonna paxta haqidagi hisobotga ijtimoiy tarmoqlarda şubha bildirildi: vazirlik izoh berdi
- Namanganda noqonuniy ovlangan baliqlar uçun 1 mlrd 25 mln söm zarar hisoblandi
- Ayrim taʼlim muassasalari xodimlariga mehnat staji uçun ustamalar belgilandi
- Pul belgilaridagi barça yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida yoziladi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda