Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, bozorda ötkazilgan örganişlar davomida yonğin xavfsizligi talablari qöpol ravişda buzilgani aniqlangan. Xususan, savdo dökonlarida elektr simlari talablarga zid ravişda ötkazilgan, yonğindan ogohlantiruvçi qurilmalar mavjud emas, şuningdek, yonğin öçiriş avtomobillari harakatlanişi uçun möljallangan yöllar tösib qöyilgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi maʼlumotlariga köra, ayniqsa, xalq orasida «PMK» deb ataladigan bozor hududida bir qator qoidabuzarliklar kuzatilgan.

Jumladan, ayrim tadbirkorlar savdo dökonlari oldidagi yölaklarni sunʼiy ravişda tösib qöygan, belgilangan bir metrlik meʼyordan ortiqça joyni egallagan. Dökonlarning peştoqlari turli matolar va tez yonuvçan plastik qoplamalar bilan tösilgan. Şuningdek, savdo dökonlarining tom qismlarida tez yonuvçan alyumokompozit materiallardan foydalanilgan.

Bundan taşqari, bozor hududidagi yer osti yonğinga qarşi suv oliş qurilmalari nosoz holatda ekani, elektr simlari tartibsiz ötkazilgani va savdo dökonlari yonğin haqida avtomatik xabar beriş moslamalari bilan töliq jihozlanmagani maʼlum bölgan.

Aniqlangan kamçiliklar yonğin sodir bölgan taqdirda odamlar hayoti va tadbirkorlarning mol-mulkiga jiddiy xavf tuğdirişi mumkinligi inobatga olinib, markaziy dehqon bozori faoliyati viloyat iqtisodiy sudi qarori bilan vaqtinça töxtatilgan.

Bozor maʼmuriyati va savdo dökonlari egalariga aniqlangan kamçiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etiş böyiça topşiriqlar berilgan.