Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi tortishuv va arzimas kelishmovchilikdan so‘ng yoshlar o‘zaro «masalani hal qilish» uchun uchrashuv belgilagan.

Samarqand ko‘chasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida 10–15 nafardan iborat guruh jabrlanuvchilarga tashlanib, ularni do‘pposlagan hamda Chevrolet Nexia rusumli avtomashinaга jiddiy shikast yetkazgan.

Shuningdek, ayrim gumonlanuvchilar kastetga o‘xshash sovuq quroldan foydalangani ham aniqlangan.

Tergovga qadar surishtiruvlarda ushbu holatning asosiy tashkilotchilari sifatida 2009 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs qayd etilgan.

Hozirga qadar jami 13 nafar gumonlanuvchi aniqlangan bo‘lib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.