Loyihada rus tilida erkin muloqot qila oladigan, tibbiyot oliy ta’lim muassasasining hamshiralik yo‘nalishini so‘nggi ikki yil ichida tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alari, shuningdek, shifokorlar ishtirok etishi mumkin.

Saralangan nomzodlar uchun Migratsiya agentligining «Intil» xalqaro markazida uch oylik tezlashtirilgan chex yoki slovak tili kurslari tashkil etiladi. Darslarga Chexiya va Slovakiyadan malakali o‘qituvchilar jalb qilinadi.

Shuningdek, nomzodlarga viza hujjatlarini rasmiylashtirishda Migratsiya agentligi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi. Turar joy va o‘qish xarajatlari ham agentlik tomonidan qoplab beriladi.

O‘quv jarayonlari 2026 yil sentabr oyidan boshlanadi. Viza rasmiylashtirish ishlari til kurslari bilan bir vaqtda olib boriladi.

Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, Chexiya yoki Slovakiyada ish boshlagan mutaxassislarning oylik maoshi:

  • shifokorlar uchun — 3 000 yevrodan;
  • hamshiralar va tibbiyot og‘alari uchun — 2 000 yevrodan boshlanadi.