Prezidentimizning mustaqilligimizning 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqi mamlakatimiz bosib ötgan yölni tahlil qiliş, erişilgan natijalarni baholaş va kelgusi taraqqiyot vazifalarini belgilaş uçun muhim asos böldi.

Iqtisodçi olim sifatida bir jihatga alohida eʼtibor qaratmoqçiman: oliy taʼlimga sarflangan mablağ şunçaki ijtimoiy xarajat emas, balki iqtisodiyotning kelajakdagi raqobatbardoşligiga kiritilgan uzoq muddatli investitsiyadir.

Keça. Yaqin ötmişga nazar taşlasak, oliy taʼlim tizimida hal etilişi lozim bölgan qator muammolar mavjud edi. Oliygohlarga qabul imkoniyati çeklangan, talabalar turar joylariga ehtiyoj yuqori, ayrim taʼlim muassasalarida öquv laboratoriyalari va moddiy-texnik baza zamon talablariga töliq javob bermasdi.

Bunday şaroitda oliy maʼlumot oliş köplab yoşlar uçun katta orzu bölib qolardi. Qabul örinlarining çeklangani raqobatni kuçaytirgan bölsa-da, har doim ham bilim va qobiliyatni töliq namoyon etiş uçun yetarli imkoniyat yaratmasdi.

Yana bir oğriqli masala talabalar va professor-öqituvçilarning asosiy vazifalaridan taşqari işlarga, jumladan, paxta yiğim-terimiga jalb etilişi edi.

Buni faqat mehnat munosabatlari nuqtai nazaridan emas, taʼlim iqtisodiyoti nuqtai nazaridan ham baholaş zarur. Çunki öqituvçining darsdan, olimning tadqiqotdan, talabaning esa bilim olişdan çalğitilişi inson kapitali şakllanişiga salbiy taʼsir körsatadi.

Ilmiy faoliyatning samaradorligi uzluksiz izlaniş, tajriba va tahlilga boğliq. Öquv jarayonidagi har qanday uziliş esa taʼlim sifatiga taʼsir etişi mumkin. Şu bois, majburiy mehnatga qarşi amalga oşirilgan islohotlar nafaqat inson huquqlari, balki taʼlim sifati va mehnat unumdorligini oşiriş nuqtai nazaridan ham muhim.

Bugun. Islohotlarning eng közga körinarli natijasi oliy taʼlimga kiriş imkoniyatlari kengayişida namoyon bölmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga köra, 2017-yilda mamlakatimizda 77 ta oliy taʼlim taşkiloti faoliyat yuritgan bölsa, 2025-yil yakuniga kelib, ularning soni

207 taga yetgan. Bu oliy taʼlim muassasalari soni qariyb 2,7 barobar oşganini anglatadi. Oliy taʼlim taşkilotlari tarkibida davlat universitetlari bilan bir qatorda nodavlat taʼlim muassasalari va xorijiy oliygohlar filiallari fao­liyat yuritişi taʼlim xizmatlari bozorida raqobat muhitini şakllantirmoqda.

Raqobat esa universitetlarni faqat talabalar sonini köpaytirişga emas, taʼlim sifati, zamonaviy dasturlar, ilmiy salohiyat va bitiruvçilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoşligini oşirişga undaşi kerak.

Ösiş. Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2015/2016 öquv yilida oliy taʼlim taşkilotlarida 264,3 ming talaba tahsil olgan bölsa, 2025/2026 öquv yili boşida ularning soni 1 million 535 ming nafarga yetgan. Demak, ön yilda talabalar soni qariyb 5,8 barobar oşgan. Bu raqamlar ortida minglab oilalarning farzandini oliy maʼlumotli qiliş orzusi, yoşlarning öz kelajagini bilim orqali qurişga intilişi turibdi.

Oliy taʼlimga qamrov darajasi kengayişi ham mazkur özgarişlarning muhim körsatkiçidir. Yoşlarning oliy taʼlimga qamrovi 9 foizdan 44 foizga yetdi. Biroq iqtisodiy nuqtai nazardan muhim savol bundan iborat: oliy taʼlimga qabul köpayişi mehnat bozori uçun qanday qiymat yaratmoqda?

Agar universitet bitiruvçisi zamonaviy kasbiy kompetensiyaga ega bölsa, işlab çiqarişga innovatsiya olib kirsa, tadbirkorlik bilan şuğullansa yoki yangi iş örinlari oçsa, taʼlimga kiritilgan investitsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy samarasi namoyon böladi. Şu sababli endi asosiy eʼtibor qamrovdan sifatga, sifatdan esa aniq iqtisodiy natijaga ötişi lozim.

Sifat. Oliy taʼlim muassasasining imkoniyati auditoriya, laboratoriya, axborot resurslari, talabalar turar joylari va ilmiy infratuzilma bilan bevosita boğliq. Ilgari talabalar turar joylariga ehtiyojni qoplaş jiddiy muammolardan edi. Rasmiy hisobotlarga köra, 2017-yilda talabalar turar joylariga ehtiyojning 28 foizi qoplangan bölsa, 2025-yilda uşbu körsatkiç 57 foizga yetgan.

Bu ösiş muhim. Şu bilan birga, mazkur raqam talabalarni turar joy bilan taʼminlaş masalasi hali ham dolzarb ekanini körsatadi. Çunki talaba uçun munosib yaşaş şaroiti taʼlim jarayonining ajralmas qismi. Uning vaqtini tejaş, xavfsiz muhit yaratiş, mustaqil taʼlim oliş va ilmiy izlaniş bilan şuğullanişiga imkoniyat beriş bevosita özlaştiriş natijalariga taʼsir qiladi.

Ilmiy laboratoriyalar masalasida ham xuddi şunday yondaşuv zarur. Zamonaviy laboratoriyaning haqiqiy qiymati faqat uskunalar narxi bilan emas, balki ular orqali bajarilgan tadqiqotlar, tayyorlangan mutaxassislar, olingan patentlar va işlab çiqarişga joriy etilgan işlanmalar bilan baholanişi kerak.

Buxoro davlat universitetida ham taʼlim, ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni özaro boğlaş, yoş olimlarni qöllab-quvvatlaş hamda ilmiy işlanmalarning amaliy ahamiyatini oşiriş dolzarb vazifalardan. Ayniqsa, Buxoro viloyati iqtisodiyoti uçun muhim bölgan turizm, xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlik sohalarida universitet ilmiy salohiyatidan samarali foydalaniş katta imkoniyatlarga yöl oçadi.

Raqamli taʼlim. Keçagi va bugungi oliy taʼlim örtasidagi muhim farqlardan yana biri, şubhasiz, boşqaruv jarayonining raqamlaştirilişidir. Ilgari talabalar özlaştirişi, davomati, öquv rejalari va boşqa akademik maʼlumotlarni yuritişda qoğozli hujjatlar salmoqli örin tutgan. Bu esa maʼlumotlarni qayta işlaş, tahlil etiş va boşqaruv qarorlarini qabul qilişda ortiqça vaqt talab qilardi. Bugun HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim jarayonlarini boşqarişda qöl kelyapti. Mazkur tizim orqali talabalar kontingenti, professor-öqituvçilar faoliyati, öquv jarayoni, davomat va akademik natijalarni elektron şaklda yuritiş imkoniyati kengaydi.

Oliy taʼlimga qabul jarayonida ham oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaşga qaratilgan özgarişlar amalga oşirildi. Qabul tartiblari raqamlaştirilişi va natijalar haqida axborot oliş imkoniyatlari kengayişi norasmiy aralaşuvlar xavfini kamaytirişga xizmat qilmoqda.

Biroq raqamli tizimning özi barça muammoni avtomatik hal etmaydi. Uning samaradorligi maʼlumotlarning töğri kiritilişi, adolatli baholaş mezonlari va masʼul xodimlarning raqamli savodxonligiga ham boğliq. Şu ­maʼnoda, raqamlaştirişni texnik yangilaniş emas, balki taʼlim boşqaruvida hisobdorlik, şaffoflik va natijadorlik madaniyatini şakllantiriş vositasi sifatida köriş maqsadga muvofiq.

Yangi vazifa. Jahon tajribasi körsatadiki, universitetlarning mamlakat taraqqiyotiga qöşadigan hissasi faqat diplomli kadrlar tayyorlaş bilan çeklanmaydi. Zamonaviy universitet yangi ğoyalar, texnologik yeçimlar, tadbirkorlik taşabbuslari va hududiy rivojlaniş loyihalari şakllanadigan markaz bölişi lozim.

Masalan, turizm sohasini olaylik. Buxoro boy tarixiy-madaniy merosi, ­ziyoratgohlari va xizmat körsatiş imkoniyatlari bilan katta salohiyatga ega. Biroq sayyohlar oqimining köpayişi öz-özidan yuqori iqtisodiy samarani kafolatlamaydi. Buning uçun turistlarning hududda qoliş muddatini uzaytiriş, körsatiladigan xizmatlar turini köpaytiriş, raqamli marketingni rivojlantiriş, mahalliy mahsulotlarni turistik qiymat zanjiriga kiritiş va kadrlar malakasini oşiriş zarur. Ana şunday masalalar universitet olimlari uçun amaliy tadqiqot yönalişi bölişi mumkin.

Şuningdek, qişloq xöjaligida suvdan samarali foydalaniş, kiçik biznesni boşqariş, hududiy mehnat bozori ehtiyojlarini örganiş, raqamli iqtisodiyot imkoniyatlarini kengaytiriş kabi yönalişlarda ham oliy taʼlim va işlab çiqariş hamkorligini kuçaytiriş talab etiladi.

Yetti milliy dastur. Prezidentimiz kelgusi ön yillikda inson qadrini yanada yuksaltirişga qaratilgan yettita milliy dastur amalga oşirilişini taʼkidladi. Ular bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantiriş, aholi salomatligi, iqtisodiyotni yuqori texnologiyalar hamda mehnat unumdorligi modeliga ötkaziş, suv va tabiatga munosabatni özgartiriş, sud mustaqilligi, qonun ustuvorligini mustahkamlaş, mahallaning jamiyat taraqqiyotidagi rolini kuçaytiriş hamda Özbekistonning tinçlik, döstlik va bağrikenglik makoni sifatidagi nufuzini yuksaltiriş kabi ustuvor yönalişlarni qamrab oladi.

Mazkur dasturlar özaro uzviy boğliq. Zero, bilimli kadrlarsiz yuqori texnologiyali iqtisodiyotni şakllantiriş, samarali boşqaruvsiz resurslarni tejaş, ilmiy yondaşuvsiz esa hududlarni barqaror rivojlantiriş qiyin.

Uşbu dasturlarni amalga oşirişda oliy taʼlim muassasalari faolligi alohida ahamiyatga ega. Buning uçun qator omillarga eʼtibor qaratiş kerak. Jumladan, universitetlarda inson kapitali ­samaradorligini baholaş tizimini ­takomillaştiriş zarur. Bunda bitiruvçilarning iş bilan taʼminlanişi, öz mutaxassisligi böyiça faoliyat yuritişi, kasbiy ösişi va iş beruvçilarning qoniqiş darajasi kabi körsatkiçlar muntazam tahlil qilinişi maqsadga muvofiq.

Şuningdek, hududiy iqtisodiyot ehtiyojlariga mos ilmiy loyihalar portfelini şakllantiriş lozim. Buxoro viloyati misolida turizm, xizmatlar iqtisodiyoti, suv tejamkorligi, agrobiznes, raqamli marketing va kiçik tadbirkorlik yönaliş­larida amaliy tadqiqotlarni kengaytiriş muhim.

Universitet — korxona — mahalla hamkorligini yangi bosqiçga olib çiqiş kerak. Har bir hududdagi iqtisodiy muam­molarni aniqlaş, ularga ilmiy yeçim taklif qiliş va natijani amaliyotda sinab köriş uçun professor-öqituvçilar, talabalar, tadbirkorlar hamda mahalla vakillari iştirokida qöşma loyihalar taşkil etiş mumkin.

Talabalarning tadbirkorlik va innovatsion faoliyatini qöllab-quvvatlaş zarur. Biznes-reja tuziş, startap loyihalarni iqtisodiy baholaş, bozor tadqiqotlarini ötkaziş va intellektual mulkni tijoriylaştiriş böyiça amaliy maşğulotlarni kuçaytiriş maqsadga muvofiq.

Oliy taʼlim muassasalarida resurs­lar samaradorligini oşiriş muhim. Energiya va suv isteʼmolini hisobga oliş, raqamli monitoringni kengaytiriş, yaşil texnologiyalarni qöllaş hamda tejamkor boşqaruv usullarini joriy etiş orqali universitetlarning özi barqaror rivojlaniş namunasiga aylanişi mumkin.

Taʼlim sifati bilan mehnat bozori talablari örtasidagi boğliqlikni kuçaytiriş lozim. Öquv dasturlarini iş beruvçilar bilan hamkorlikda yangilaş, amaliy könikmalarga yönaltirilgan maşğulotlar uluşini oşiriş va talabalarning haqiqiy işlab çiqariş muhitida tajriba orttirişini taʼminlaş muhim ahamiyatga ega.

Ilmiy tadqiqot natijalarini baholaşda ularning amaliy taʼsiriga köproq eʼtibor qaratiş kerak. Ilmiy maqolalar va dissertatsiyalar bilan bir qatorda işlab çiqarişga joriy etilgan yeçimlar, taşkil etilgan yangi iş örinlari, tejalgan resurslar va yaratilgan iqtisodiy qiymat ham muhim mezon bölişi zarur.

Xulosa. Keçagi va bugungi oliy taʼlimni qiyoslar ekanmiz, özgarişlarning eng muhim jihati insonga bölgan munosabatda namoyon bölayotgani ayonlaşadi. Keça oliy taʼlimga kiriş imkoniyati çeklangan, infratuzilma muammolari köp va taʼlim jarayoniga begona vazifalar aralaşgan davrlar bölgan bölsa, bugun oliy taʼlim qamrovi kengaymoqda, boşqaruv raqamlaştirilmoqda, ilmiy izlanişlar uçun yangi imkoniyatlar şakllanmoqda. Ayni paytda bu natijalarni yakuniy manzil deb qabul qilmaslik kerak. Oldimizda taʼlim sifatini oşiriş, universitetlarning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini kuçaytiriş, ilm-fan natijalarini amaliyotga keng joriy etiş kabi vazifalar turibdi.

Prezidentimiz ilgari surgan yettita milliy dastur ham aynan şunday yondaşuv­ni talab etadi. Ularning muvaffaqiyati davlat idoralari bilan bir qatorda universitetlar, ilmiy jamoalar, tadbirkorlar va fuqarolik jamiyati ins­titutlarining hamkorligiga boğliq.

Baxtiyor NAVRÖZZODA,

Buxoro davlat universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori