Bu haqda Rossiyadagi Maorif universitetining tabiiy fanlar fakulteti dekani, biolog I. Lyalina aytib o‘tdi.
“Uchastkada ishlash sport zalida bajariladigan o‘tirib-turish va kardiologiyaga mashqlari o‘rniga o‘ta oladimi? Ha, lekin bunda kaloriya sarfi ish turi, jadalligi va tana vazniga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, bir soat davomidagi yengil ish, aytaylik begona o‘tlarni yulib (chopib) tashlash, ekinlarni shlang bilan sug‘orish, rezavor mevalarni terishda organizm o‘rtacha 200−300 kkal sarflaydi,” – deya izohlaydi biolog Lyalina “NEWS.ru” internet portaliga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, egat olish, shox va butalarni kesish, yerni yumshatishda 300−450 kkal, tuproq yoki o‘g‘it solingan qoplarni tashish, qurilish kabi og‘irroq ishlarda 500−700 kkalgacha energiya sarflanadi. Bilamizki, egatlarda ishlash yoki ko‘chat ekishda muntazam egilib turishga to‘g‘ri keladi. Biologning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi ishlarni bajarishda haddan ziyod og‘ir yuk tushmasligi uchun umurtqaga e’tibor qaratish va faqat bel hisobiga egilavermaslik kerak, ya’ni ba’zan o‘tirib-turish ham mumkin. Mutaxassis bu jarayonda suv ichib turish muhimligiga e’tibor qaratadi, chunki suvsizlanish metabolizm (moddalar almashinuvi)ni sekinlashtiradi va tez charchab qolishga olib keladi, deb yozadi ria.ru.