Bugun kunduz Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Orolboʻyi va Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Havo harorati 32–35 daraja, respublika shimoli-gʻarbida 23–28 daraja atrofida boʻladi.

Dam olish kunlari respublika boʻyicha ob-havo asosan kam bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat biroz pasayib, kunduz 25–30 daraja, ayrim joylarda 32 darajagacha, janubda esa 35 darajagacha boʻlishi mumkin.

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. 11–12 sentyabr kunlari respublika boʻyicha ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayib, baʼzi hududlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.

Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 11–12 sentyabr kunlari ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. 13 sentyabr kuni yogʻingarchilik kutilmaydi.

Toshkentda

Bugun kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati 33–35 daraja boʻladi.

Dam olish kunlari poytaxtda ob-havo asosan kam bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 16–18 daraja, kunduz shanba kuni 28–30 daraja, yakshanba kuni 30–32 daraja boʻladi.

Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi.