Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 30-35 daraja atrofida, janubida va cho‘l hududlarda 37-39 darajagacha bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. 16-may kuni Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. 17-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 10-11-mayda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: 15-16-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-mayda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 32-34 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 34-36 daraja bo‘ladi.