Amerika yetakchisi o‘z maktubida davlatimiz rahbarining joriy yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan Tinchlik kengashining ilk yig‘ilishidagi ishtirokini yuksak baholadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ulkan natijalarga erishayotgani ta’kidlanib, mamlakatimizga tashrif bilan kelish taklifi uchun minnatdorlik bildirildi.

O‘z navbatida, Prezident Donald Tramp davlatimiz rahbarini Tinchlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga, shuningdek, Mayamida o‘tadigan G20 sammitiga taklif etdi.

"Yaratgan Sizni va O‘zbekistonning buyuk xalqini yo‘rlqasın", – deyiladi maktubda.