Endi kartada har doim kamida 3 ta bazaviy hisoblash miqdori (BHM) saqlanishi shart.

Bu oʻzgarishga koʻra, akceptsiz yechib olish operatsiyalari balansni nolga tushirmaydi — mablagʻlar faqat belgilangan minimal qoldiqdan ortiq qismi doirasida yechib olinadi.

Maʼlum qilinishicha, akceptsiz yechib olishlar asosan karta egalariing banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini (kreditlar, boʻlib-boʻlib toʻlovlar va boshqalar) soʻndirish uchun qoʻllaniladi.

Yangilangan tartib UZCARD toʻlov tizimi qoidalariga muvofiq amalga oshirildi. Shuningdek, ushbu shartlar bank tomonidan mijozdan olingan va OTP orqali tasdiqlangan karta rekvizitlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qayd etilishicha, tizim ishtirokchisi boʻlgan banklar bilan hamkorlikda zarur texnik yangilanishlar allaqachon joriy qilingan.