Ularni qo‘llashdagi turlicha talqinlarga barham berish uchun imtiyozlar akkumulyator yoki quyosh paneli joylashgan maydon bilan birga zarur podstansiya, boshqaruv binosi va yordamchi infratuzilmaga ham tegishli ekani Soliq kodeksida aniq ko‘rsatiladi.

Taqqsimlash tarmoqlarida xususiy sektor ishtiroki ham kengaytiriladi. Samarqandda boshlangan yondashuvni Jizzax va Toshkent viloyatlarida davom ettirish rejalashtirilgan. Maqsad – elektr yo‘qotishlarini kamaytirish va iste’molchilarga xizmat sifatini yaxshilash.

“Eng arzon energiya – tejalgan energiya”, - dedi Prezidentimiz. Ijtimoiy soha obyektlari va suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarini energiya tejamkor texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishga xususiy sarmoya jalb etiladi. Investorlar tejalgan energiya va karbon kreditlar hisobidan daromad olishi mumkin bo‘ladi.