"Ilk kunlardan mutaxassislarimiz va psixologlar qizaloq bilan, uning onasi bilan ishlamoqda. Bu og‘ir damda oilaga barcha zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Oila boshqa shaharga ko‘chib o‘tadi, uy-joy va zarur reabilitatsiya bilan ta’minlanadi. Oilaga to‘liq ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi, xususan, qizaloqning onasi o‘qish va ishga joylashishiga yordam beriladi. Zarur bo‘lsa, familyasini o‘zgartirishga ham ko‘maklashiladi. Eng muhimi, bolajon va uning yaqinlari xavfsiz joyda yangi hayot boshlashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.
Prezident Administratsiyasi bu masalani alohida nazoratga olgan. Barcha mas’ul idoralar ilk kunlardanoq ishga jalb qilingan.
Mazkur jinoyat aslo jazosiz qolmaydi!", dedi Shahnoza Mirziyoyeva.