AQSh Markaziy qo‘mondonligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, mojaro paytida jarohat olgan 290 askardan 255 nafari xizmatga qaytgan, 10 nafar amerikalik harbiy esa og‘ir jarohat olgan. Avvalroq, janglarda 200 kishi jarohat olgani va 13 nafari halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Shu hafta boshida Eron Qurolli Kuchlarining Xotam al-Anbiya Markaziy qo‘mondonligi vakili Ibrohim Zulfiqoriy AQSh harbiylari Eronga qarshi tajovuz paytida halok bo‘lganlar va yaralanganlarning aniq sonini yashirayotganini aytdi.
28-fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Eronning Tehron kabi yirik shaharlari zarbaga uchradi. Oq uy Tehrondan raketa va yadroviy tahdidlarni ro‘kach qilib, o‘z hujumini oqladi, deb xabar berdi kazinform.