“Raqibimiz Jahon chempionatidagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Agar Portugaliya jamoasini tahlil qilib ko‘rsangiz, ularning qanotlarda juda kuchli futbolchilari bor, dunyoning eng yaxshi yarim himoya chiziqlaridan biriga ega, shuningdek futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi ham shu jamoada o‘ynaydi.
Biz Jahon chempionatidamiz, jamoa sifatida harakat va mehnat qilishimiz zarur. Chunki ijobiy natija bilan maydonni tark etishning yagona yo‘li shu.
Biz Portugaliyaning futbol falsafasini o‘rganishga harakat qildik. Ular doimo to‘p nazorati orqali o‘yinni boshqarishni yoqtiradi. Shuningdek, uchrashuvni juda faol boshlashga intilishlarini ham bilamiz. Chunki imkon qadar tezroq o‘yinni o‘z foydasiga burishni, himoyani yorib o‘tishni istashadi.
Shundan kelib chiqib biz ham bunga tayyorgarlik ko‘rdik, deb o‘ylayman. O‘z rejamiz va strategiyamiz bor va maydonda aynan o‘z o‘yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz. Futbol shunday o‘yin. Biz juda kuchli jamoaga qarshi maydonga tushayotganimizni bilamiz, ammo avval ham aytganimdek, biz bundan qo‘rqmaymiz. Qo‘limizdan kelgan eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatishga va uchrashuv oxirigacha kurashishga harakat qilamiz.
Avval ham aytganimdek, biz faqat Krishtianuga qarshi o‘ynamaymiz. U futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri, biroq Portugaliya faqat Ronaldu dan iborat emas. Ularning asosiy tarkibida ham, zaxirasida ham juda ko‘p yuqori saviyali futbolchilar bor. Shunga qaramay, jarima maydonida Ronaldu ni bir lahzaga ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. U standart vaziyatlarda ham, o‘yin davomida ham istalgan payt gol urishga qodir. Shu bois butun o‘yin davomida maksimal darajada diqqatli bo‘lishimiz kerak.
Jamoaga kelganimizdan buyon asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratildi. Ayrim futbolchilar turli chempionatlarda o‘ynagan, ba’zilarida esa ma’lum muammolar mavjud edi. Shunga qaramay, so‘nggi o‘yin davomida futbolchilarning holati yaxshi ekanini ko‘rdim. Jamoa uchrashuvni yuqori tempda yakunladi va barchasi o‘zini yaxshi his qildi.
Albatta, statistikalarni tahlil qilish oson emas. Masalan, to‘pning harakat tezligiga qarasangiz, futbolchilarning texnik mahorati qanchalik yuqori ekanini tushunishingiz mumkin. Men faqat jismoniy ko‘rsatkichlarga qarashni yoqtirmayman. Chunki yakunda eng muhimi — to‘pni qanday nazorat qilishingiz, qanday uzatishingiz va uni qanchalik kam yo‘qotishingizdir.
Menimcha, agar siz o‘yin davomida to‘pni 20 marta yo‘qotsangiz, uni qaytarib olish uchun 20 marta yugurishingizga to‘g‘ri keladi. Bu esa juda muhim omil. Portugaliyaning statistikasi esa, albatta, ko‘p jihatlar bo‘yicha yuqori darajada. Biz buni bilamiz va tahlil qilib chiqdik. Shu bilan birga, biz maydonda tartibsiz ravishda har tomonga yugurib yurishimiz kerak emas. Masala ko‘p yugurishda emas, to‘g‘ri yugurishda. To‘pni yo‘qotmaslik va uni qayerda qaytarib olishni bilish muhim”, - dedi Fabio Kannavaro matbuot anjumani davomida.
Fabio Kannavaro: "Biz faqatgina Ronalduga qarshi o‘ynamaymiz"
O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCh-2026 2-turidan o‘rin olgan Portugaliyaga qarshi uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Namanganda goʻsht yetishtirish hajmi va sifati oshmoqda
- Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish holatlari fosh etildi
- Lionel Messi jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi
- Islohotlarning ikkinchi davri
- Muqaddas safar (Esse)
- Natija uchun ishlash – davlat xizmatining bosh mezoni
Reuters: Ilon Mask tarixdagi ilk trillionerga aylandi
- Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi
- Onkologiya xizmati va palliativ yordam tizimi takomillashtiriladi
- Toshkent viloyatida qutqaruvchilar quvurga tushib ketgan 5 yoshli bolani saqlab qoldi
- To‘rayev Aziz Oppoqovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish choralari koʻrib chiqildi