Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borib, qisqa vaqt ichida yong‘inni bartaraf etishgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "Soy bo‘yi" MFYda joylashgan noturar qarovsiz binoning 60 kv.m maydoni va 3 ta avtomobil ("labo", "hyundai", "mercedes-benz" rusumli) yonib zararlangan.

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman FVB mas’ul xodimlari va hamkorlikdagi xizmatlar mas’ullari chiqishgan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, mazkur yong‘in oqibatida 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 3 nafar fuqaro esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.