Bu haqda Fars agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Tehronning javob paketida Vashington bilan yakuniy kelishuvga erishilgunga qadar tijorat yuk tashishlari uchun Hormuz bo‘g‘ozini ochish to‘g‘risidagi band ham mavjud emas.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Eron tomoni to‘qqiz banddan iborat Amerika tashabbusiga javoban 14 banddan iborat taklif tayyorlagan.

Fars agentligi Tehron muzokaralar yakunlanmaguncha uranni boyitishni uzoq muddatli muzlatish va Hormuz bo‘g‘ozini ochishni talab qiluvchi shartlarni rad etganini ta’kidladi, deb xabar berdi report.az.