Shu munosabat bilan 17-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Siril Gu Fransiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun masʼul etib belgilanganini maʼlum qildi.

Toshkentda faoliyat yuritishi Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida huquq-tartibot sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Muloqot davomida ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, jumladan, xodimlarning malakasini oshirish, oʻzaro tajriba almashish hamda yuqori darajadagi oʻzaro tashriflarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikni yanada jadallashtirish va mavjud aloqalarni mustahkamlash boʻyicha birgalikda ish olib borishga kelishib oldi.

Uchrashuv yakunida Siril Guga masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.