AQSh Prezidenti Donald Trampning “yakuniy ogohlantirishi” ortidan Falastinning HAMAS terrorchilik harakati G'azo sektoridagi urushni to'xtatish va “barcha mahbuslarni” ozod qilish uchun zudlik bilan muzokaralar stoliga o'tirishga tayyorligini ma'lum qildi. 7-sentabr, yakshanba oqshomida tarqatilgan bayonotda HAMAS avvalroq vositachilar orqali “Amerika tomondan o't ochishni to'xtatishga qaratilgan ba'zi g'oyalar” olganini aytdi, deb xabar berdi dw.com.
HAMAS muzokaralarga tayyorligini bildirdi
Trampning aytishicha, Isroil garovga olinganlarni ozod qilish bo'yicha kelishuv tuzish shartlarini allaqachon qabul qilgan va HAMASdan ham ularni qabul qilishni talab qilgan. Shundan so'ng HAMAS muzokaralar stoliga o'tirishga tayyor ekanini ma'lum qildi.