Favqulodda vaziyatlar xizmatiga kelib tushgan xabardan so‘ng qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etdi.
Hodisa vaqtida uyda yashovchi barcha fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Mutasaddilarning ma’lum qilishicha, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori bo‘yicha tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.