Kutilmagan iqlim inqirozlari, global pandemiyalar va resurslar tanqisligi insoniyat bilan yuzma-yuz töqnaşayotgan bir paytda heç bir mamlakat bu tahdidlarga yakka özi yeçim topa olmasligi ayni haqiqat. Tinçlik va taraqqiyot bugun siyosiy kelişuvlardan taşqari olimlarning özaro hamkorligi va özaro tadqiqotlariga tayanmoqda.

YUNESKO 2026-yilgi Butunjahon ilm-fan kunini “Ilmiy diplomatiya orqali umumiy hamjihatlikka erişiş” mavzusiga bağişladi. Bu ğoya turli qaraş va manfaatlarga ega mamlakatlar örtasida ham ilmiy dalillar, oçiq muloqot va umumiy muammolarga yeçim izlaş hamkorlik uçun mustahkam zamin yaratişini anglatadi.

YUNESKOning sobiq Boş direktori Irina Bokova taʼkidlaganidek, ilm-fan xalqlar va madaniyatlar örtasidagi muloqot hamda hamkorlik orqali ravnaq topadi. Darhaqiqat, ilm-fan milliy va mafkuraviy çegaralardan qatʼi nazar, davlatlarni umumiy maqsadlar atrofida birlaştiriş, özaro işonçni mustahkamlaş va global muammolarga birgalikda yeçim topişning muhim vositasidir.

Bugungi kunda ilmiy diplomatiya uç asosiy ustunga tayanadi:

Birinçidan, ilmiy hamkorlik xalqaro aloqalar murakkablaşgan şaroitda davlatlar örtasidagi muloqotni qayta tiklaşga xizmat qiladi.

Ikkinçidan, global va mintaqaviy yirik tadqiqotlarni, muhim laboratoriya hamda ekspeditsiyalarni taşkil etişda diplomatik dastaklardan unumli foydalaniladi.

Uçinçidan, taşqi siyosat va global kelişuvlarda, ayniqsa iqlim şartnomalari hamda biologik xilma-xillikni saqlaşda xolis ilmiy dalillarga tayaniladi.

Şuningdek, YUNESKOning Oçiq ilm-fan töğrisidagi daʼvati alohida mazmun kasb etadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining

27-moddasida belgilanganidek, har bir inson ilm-fan yutuqlaridan foydalaniş va undan bahramand böliş huquqiga ega. Ekspertlar haqli ravişda taʼkidlaydiki, ilmiy kaşfiyotlar, vaksinalar yoki ekologik texnologiyalar faqat muayyan rivojlangan davlatlarning monopoliyasiga aylanib qolmasligi kerak.

Ilm-fan insoniyatning umumiy boyligiga aylanmas ekan, global tengsizlik va keskinlik saqlanib qolaveradi. Ilmiy diplomatiyaning asl mohiyati ham aynan bilim va texnologiyalarning barça uçun oçiq va adolatli taqsimlanişini taʼminlaşdan iboratdir.

Bu tamoyillar Markaziy Osiyo mintaqasi va, xususan, Özbekiston ilmiy hamjamiyati uçun ham çuqur hayotiy va masʼuliyatli ahamiyatga ega.

Oxirgi yillarda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan tub islohotlar natijasida ilm-fan sohasi jamiyat va davlat rivojining markaziy böğiniga aylandi.

Ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy taʼlim tizimining moddiy-texnik bazasi yangilandi, tadqiqotçilarning xalqaro ilmiy maydonga integratsiyalaşuvi uçun keng imkoniyatlar yaratildi.

Tadqiqotlarning xolis sifati oşişi, Scopus va Web of Science kabi nufuzli xalqaro bazalarda özbekistonlik olimlar naşrlarining keskin köpayişi mamlakatimizning global akademik hamjamiyatdagi mavqeyini mustahkamladi.

Özbekistonning xalqaro ilmiy muloqotdagi iştirokini 2025-yilda Samarqand şahrida YUNESKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi ötkazilgani ham namoyon etdi. Mazkur anjuman doirasida YUNESKO–Özbekiston Beruniy mukofotining ilk taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Sunʼiy intellekt etikasiga oid tadqiqotlarga bağişlangan uşbu taşabbus tarixiy ilmiy merosni zamonaviy texnologiyalarni masʼuliyatli rivojlantiriş ğoyasi bilan boğlaydi.

2026-yil 8-aprelda Özbekiston va YUNESKO örtasida yangi hamkorlik kelişuvi imzolandi. U inklyuziv taʼlim, sunʼiy intellekt, madaniy meros, gender tengligi hamda media va axborot savodxonligi kabi yönalişlarda qöşma taşabbuslarni rivojlantirişni nazarda tutadi. Bu kabi amaliy hamkorlik ilm-fan diplomatiyasining mazmunini aniq loyihalar va inson kapitaliga sarmoya bilan boyitadi.

Quvonarlisi, Özbekiston Markaziy Osiyoda mintaqaviy ilmiy diplomatiyaning lokomotiviga aylanib bormoqda. Orolböyidagi ekologik oqibatlarni yumşatiş, suv va yer resurslaridan oqilona foydalaniş, seysmik xavfsizlik hamda qayta tiklanuvçi energetika sohalarida qöşni va xorijiy mamlakatlar bilan yölga qöyilgan qöşma ilmiy loyihalar va ekspeditsiyalar mintaqaviy bağrikenglik va tinçlikni mustahkamlaşga bevosita xizmat qilmoqda.

Iqlim özgarişi böyiça xalqaro markazlarning taşkil etilişi va oçiq tadqiqotlar muhitining şakllanişi Özbekistonning global ekologik diplomatiyadagi faol iştirokini körsatadi.

WIPO (Butunjahon intellektual mulk taşkiloti) maʼlumotiga köra, Özbekiston 2026-yilda iqtisodiy rivojlaniş darajasidan kelib çiqib kutilganidan yuqori innovatsion natija körsatayotgan davlatlar qatoriga ketma-ket beşinçi marta kiritildi. Ayniqsa, fan va muhandislik bitiruvçilarining umumiy bitiruvçilar tarkibidagi uluşi böyiça yuqori örin milliy kadrlar salohiyatini körsatadi; bu körsatkiçni ilmiy kaşfiyotlar soni yoki tadqiqotlar sifati bilan aynanlaştirmaslik lozim.

Mazkur faollik xalqaro reytinglarda dunyoga körinib turgan Özbekiston natijalarida öz aksini topmoqda. Jahon intellektual mulk taşkiloti tomonidan eʼlon qilingan 2026-yilgi Global innovatsiyalar indeksida mamlakat 2025-yilga nisbatan ikki poğona yuqorilab, 77-örinni egalladi.

Ayniqsa, fan va muhandislik yönalişlari bitiruvçilarining uluşi böyiça Özbekistonning 2025-yildagi 13-örindan 2026-yilda 2-öringa kötarilgani eʼtiborga molik. Mamlakat tadbirkorlik siyosati va madaniyati böyiça dunyoda 3-örinni, startaplarni moliyalaştiriş imkoniyatlari böyiça 4-örinni, foydali modellar böyiça talabnomalar körsatkiçida esa 14-örinni egalladi.

Şuningdek, Özbekistonning inson kapitali va ilmiy tadqiqotlar yönalişidagi umumiy natijasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi hamda quyi örta daromadli mamlakatlar guruhining örtaça körsatkiçlaridan yuqori ekani qayd etilgan.

Bu natijalar Özbekistonda ilmiy-texnologik taraqqiyot uçun muhim inson kapitali va innovatsion muhit şakllanayotganini körsatadi.

Navbatdagi strategik vazifa esa uşbu salohiyatni xalqaro ilmiy hamkorlik, qöşma tadqiqotlar, universitetlar va sanoat integratsiyasi orqali yuqori qöşilgan qiymatli texnologiyalar va amaliy innovatsiyalarga aylantirişdan iborat.

Aynan şu nuqtai nazardan, ilmiy diplomatiya Özbekiston uçun xalqaro tajriba almaşiş vositasigina emas, balki milliy ilmiy salohiyatni global bilimlar va innovatsiyalar tizimiga integratsiyalaştirişning strategik mexanizmi sifatida namoyon bölmoqda.

Istiqbolda sunʼiy intellekt, biotexnologiya, raqamli tibbiyot va yaşil energetika sohalaridagi ilmiy hamkorlikni kengaytiriş, yoş olimlarning xalqaro tadqiqotlarda iştirokini kuçaytiriş hamda qöşma grant va laboratoriyalar imkoniyatlaridan samarali foydalaniş muhim vazifalar bölib qoladi.

Buyuk mutafakkirlar merosi va zamonaviy islohotlarga tayangan Özbekiston ilm-fanni xalqlar örtasida işonçni mustahkamlaydigan, umumiy muammolarga yeçim topadigan va barqaror taraqqiyotga xizmat qiladigan köprik sifatida köradi. Zero, ilm-fan çegara bilmaydi, uning eng katta qudrati bilim, masʼuliyat va hamkorlikni birlaştira olişidadir.

Fazliddin Möminov,

Iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori (PhD)