Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Hindiston davlat madhiyalari yangradi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.