Baʼzan öylab qolaman: öşa paytda sanoqligina yangi usul maktablari oldida turgan vazifa bugun millionlab yoşlar taqdiriga daxldor umummilliy işga aylandi. Zero, inson kapitali deganda aynan taʼlimning har bir bosqiçida töplanadigan bilim, malaka va masʼuliyat hissi tuşuniladi.

Maʼrifat anʼanalari va zamonaviylik

Xalqimiz tarixida ilm va maʼrifat hamişa millat taqdiri bilan barobar körilgan. Buxorodagi Uluğbek madrasasi darvozasiga ilm oliş har bir muslim va muslima uçun farz ekani bitilgani, jadid bobolarimiz yangi usul maktabini millatni asrab qolişning asosiy yöli deb bilgani buning yorqin dalilidir. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boşlab milliy davlatçilikka xizmat qiladigan kadrlar tayyorlaşga kirişildi. Xususan, Kadrlar tayyorlaş milliy dasturida şaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz taʼlim, fan hamda işlab çiqariş özaro boğliq tizim sifatida belgilandi. Uşbu dastur taʼlimning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşda muhim örin tutdi. Şu bilan birga, yoşlarning qiziqişi, hududlar iqtisodiyoti va iş beruvçilar ehtiyojidagi farq töliq hisobga olinmagani ham sezilib qoldi. 2017-yildan keyingi islohotlar aynan şu tajriba va saboqlar asosida boşlandi. Prezidentimiz joriy yil 30-sentyabrda soha vakillari bilan uçraşuvda taʼkidlaganidek, “Biz bolalarimizni paxta dalasidan — maktab partasiga, öqituvçilarni — taʼlim jarayoniga qaytardik”. Taʼlim sohasining bir vakili, tarixçi sifatida aytişim mumkinki, bu sözlar zamirida butun bir davrning yakuni va yangi davrning boşlanişi mujassam.

Huquqiy asoslar

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda davlat uzluksiz öqitiş tizimini rivojlantirişi, maktabgaça taʼlim-tarbiya uçun şart-şaroit yaratişi, bepul umumiy örta va boşlanğiç professional taʼlim olişni kafolatlaşi, alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bolalar uçun inklyuziv taʼlim mustahkamlab qöyilgan. Şuningdek, unda öqituvçining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirişning asosi sifatida eʼtirof etilgan. 2019-yilda tasdiqlangan Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi hamda 2020-yildagi “Taʼlim töğrisida”gi qonun uşbu kafolatlarni taʼlim turlari va bosqiçlari böyiça aniqlaştirdi. Binobarin, huquqiy normaning kundalik amaliyotga aylanişi masʼuliyatning aniq belgilanişiga boğliq. Şu nuqtai nazardan, Prezidentimizning şu yil 19-oktyabrdagi qarori bilan yangi vazirlik huzurida Taʼlim böyiça jamoatçilik kengaşi, Inson kapitalini rivojlantiriş jamğarmasi, Taʼlim va ilm-fan böyiça strategik tadqiqotlar va baholaş markazi taşkil etilayotgani diqqatga sazovor. Bu ota-onalar, pedagoglar va iş beruvçilarning fikri qaror qabul qiliş jarayonida inobatga olinişiga xizmat qiladi.

Bolaning maktabgaça va maktab davri nimalarda namoyon bölmoqda?

Bolalar örtasidagi imkoniyatlar tafovuti maktabga qadar şakllanadi. Oilada kitobga oşno bölmagan, kattalar bilan kam muloqot qilgan bola birinçi sinfga tengdoşlaridan ortda qolgan holda keladi va bu farq yillar ötişi bilan çuqurlaşib boradi. Maktabgaça taʼlimning eng muhim ijtimoiy vazifasi ana şu tafovutni erta yoşda bartaraf etişdan iborat.

Bu borada bajarilgan işlar kölami ­eʼtiborga molik. Xususan, 2017-yili 5200 ta bölgan maktabgaça taʼlim taşkilotlari soni bugun 39 mingdan oşdi. Qamrovi 2016-yildagi 27,7 foizdan 78 foizga yetdi. 2016-yildan buyon 625 ta yangi boğça va 304 ta yangi maktab qurildi, 3598 ta maktab rekonstruksiya qilindi. Şu bilan birga, joriy yil boşidagi maʼlumotlarga köra, 39 tuman va şaharda qamrov hali 70 foizdan past ekani bu yönalişda işlarni davom ettiriş zarurligini körsatadi.

“Maktabgaça taʼlim va tarbiya töğrisida”gi qonun bolani maktabga tayyorlaş va uning individual ehtiyojlarini hisobga olişni talab etadi. Joriy yilda öyinga asoslangan dastur böyiça 180 ming tarbiyaçi va pedagog öqitilayotgani, bir yillik maktabga tayyorlov umumiy örta taʼlimning birinçi bosqiçi sifatida körilayotgani şu talabning amaliy ifodasidir. Nazarimda, endigi asosiy vazifa qamrov bilan bir qatorda tarbiya sifatiga, yaʼni boğçani tamomlagan bolaning maktabga qay darajada tayyor ekaniga eʼtibor qaratişdan iborat.

Kuzatişimça, oliy taʼlimga qadam qöygan ayrim yoşlarning asosiy qiyinçiligi maʼlumot yetişmasligida emas, balki öqigan matnini töliq anglay olmasligida namoyon böladi. Bu muammoning ildizi boşlanğiç taʼlimga borib taqaladi. Jahon banki maʼlumotlariga köra, 2021-yilda Özbekistonda bolalarning 32 foizi ön yoşga yetganda oddiy matnni öqib tuşunişda qiynalgan. Demak, öqib tuşuniş va mantiqiy fikrlaş könikmalarini boşlanğiç sinfdanoq şakllantiriş dolzarb vazifadir. Şu bois, darsliklar, taʼlim standartlari, öquv dasturlari va baholaş tizimi özaro uyğun holda yangilanmoqda. Jumladan, boşlanğiç sinf darsliklari Finlyandiya taʼlim alyansi sertifikatsiyasidan ötkazildi, 5-7-sinflarning matematika, fizika, kimyo va biologiya darsliklari Singapur darsliklari asosida işlab çiqildi. Joriy yilning özida 324 darslik qayta işlandi. Yuqori sinflarning darsliklarini yangilaş 2030-yilgaça yakunlanişi rejalaştirilgan. Aniq mezonlarga asoslangan yangi baholaş tizimi 5000 maktabda joriy etildi.

Albatta, çet el standartidagi darslik öz-özidan kutilgan natijani bermaydi. Topşiriqlarning öquvçi yoşiga mosligi, misollarning mahalliy turmuş tarziga yaqinligi va eng muhimi, öqituvçining metodik tayyorgarligi hal qiluvçi ahamiyatga ega. Maktablar faoliyatini öquv natijalari va pedagoglar salohiyatiga qarab baholaydigan sifat indeksining joriy etilişi ham şu maqsadga xizmat qiladi.

Öqituvçi maqomi

“Ustozni eʼzozlaş — bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini eʼzozlaş deganidir”. Davlatimiz rahbarining bu sözlari mustahkam huquqiy va moddiy asosga ega. 2024-yilda qabul qilingan “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonun bilan öqituvçining huquq va majburiyatlari, faoliyat kafolatlari alohida tartibga solindi. Muallimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz aralaşişga çek qöyildi. Pedagoglar mehnatini moddiy rağbatlantiriş tizimi izçil kuçaytirilmoqda. Natijada xalqaro va milliy sertifikatga ega pedagoglar soni sönggi beş yilda 29 mingdan 143 mingga yetdi. Maktablarda öqituvçi tanqisligi uç barobar qisqardi. Bugun 40 ming öqituvçi 1000 dollar, ularning 1500 nafari 2000 dollardan ziyod maoş olmoqda. Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari öqituvçilarini qöllab-quvvatlaş maqsadida milliy sertifikat egalariga 50 foiz ustama tölaş, har yili 1000 nafar pedagogni xorijga stajirovkaga yuboriş, 25 dan ortiq öquvçisi bölgan sinflarni uşbu fanlarda ikki guruhga bölib öqitiş nazarda tutilmoqda.

Ilğor pedagoglar uçun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofotining taʼsis etilişi alohida eʼtiborga loyiq. Bir asr muqaddam yangi usul maktabi oçib, özi darslik yozgan maʼrifatparvar nomi davlat eʼtirofining ramziga aylanayotgani tarixiy ­adolat tantanasidir. Mukofot ilk bor kelgusi yil 1-oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida öz egalariga topşiriladi.

Heç kim çetda qolmaydi

Özbekistonda hamma bilim olişga haqli. Bu borada heç kimni eʼtibordan çetda qoldirmaslik davlat siyosatining eng ustuvor yönalişi. Sönggi ikki yilda inklyuziv taʼlim muhiti yaratilgan maktablar soni 729 tadan 3591 taga yetib, qariyb beş barobar köpaygani ana şu işlar samarasi. Asosiysi, inklyuziv taʼlimning mazmuni faqat ­pandus va maxsus jihozlar bilan çeklanmayapti. Uning asosiy mezoni bolaning dars jarayonida faol iştirok etişi, zarur yordamni olişi va sinf jamoasiga qöşilişiga imkon yaratişdir.

Bundan taşqari, bizda “ustoz-şogird” anʼanasi asrlar davomida kasb-hunar örgatişning asosiy yöli bölib kelgan. Şogird bevosita ustaxonada işlab örgangan, ustoz esa uning hunari uçun el oldida masʼul bölgan. Bugun köplab davlatlar örganayotgan Germaniyaning dual taʼlim tizimi mohiyatan şu tamoyilga asoslanadi. Unda taʼlim şartnomasi, kasb böyiça aniq talablar va korxonadagi malakali murabbiy asosiy örin tutadi.

Sönggi ikki yilda 104 texnikumda Germaniya, Buyuk Britaniya, Şveysariya va Xitoyning xalqaro taʼlim dasturlari joriy etildi. 25 mingta korxona bilan hamkorlik natijasida 100 mingdan ziyod yigit-qiz tahsil oliş barobarida daromad ham topmoqda. Dual taʼlimda kasb örganayotganlarga 1 million 300 ming sömgaça stipendiya tölanmoqda. Joriy yilda 9-sinfni bitirgan 220 ming öquvçi texnikumlarga jalb qilindi.

Şu bilan birga, dual taʼlim sifatini taʼminlaş uçun öquvçining korxonadagi faoliyati öqitiş maqsadlariga töliq mos bölişi, murabbiyning malakasi va baholaş mezonlari şartnomada aniq belgilab qöyilişi zarur.

Sohadagi özgarişlar mazmuni

Oliy taʼlim sohasidagi özgarişlar kölami ham eʼtiborga molik. 2017-yilda oliy taʼlim taşkilotlarida 279 ming talaba tahsil olgan bölsa, bugun ularning soni 1 million 600 mingga yetdi. Oliy taʼlim taşkilotlari soni 77 tadan 207 taga, yoşlarni oliy taʼlimga qamrab oliş körsatkiçi 9 foizdan 44 foizga oşdi. Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2015/2016 öquv yilida mamlakatimizda 7 ta xorijiy oliy taʼlim taşkiloti faoliyat yuritgan bölsa, 2025/2026 öquv yili boşida ularning soni 30 taga yetdi.

Qamrov kengayişi bilan taʼlimni moliyalaştiriş va diplom sifati masalalari dolzarblaşmoqda. Şu maʼnoda, Jahon banki tomonidan ötgan yil dekabrda maʼqullangan 250 million dollarlik “EduImkon” dasturi muhim ahamiyatga ega. U 2026-2028-yillarda talabalarni moliyalaştiriş tizimini takomillaştirişga qaratilgan bölib, mablağning qariyb 80 foizi kam taʼminlangan oilalar farzandlari va xotin-qizlarga yönaltirilişi közda tutilgan. Fikrimizça, dastur samaradorligini ajratilgan kreditlar soni bilan birga, talabalarning tahsilni yakunlaşi va işga joylaşişi körsatkiçlari orqali baholaş maqsadga muvofiq.

Davlatimiz rahbarining şu yil 10-apreldagi tegişli farmoni bilan oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini “5T” — taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlaştiriş va tizimli takomillaştiriş tamoyili asosida rivojlantiriş, salohiyati yuqori oliy taʼlim taşkilotlariga milliy tadqiqot universiteti maqomini beriş vazifasi belgilandi. 2027-yildan milliy reyting yuritilib, moliyaviy rağbatlantiriş uning natijalariga boğlanadi. 29-sentyabrdagi farmonga muvofiq esa “korxona — oliygoh — maqsadli kadr” tamoyili asosidagi dual taʼlim kelgusi yildan 75 ta, 2028-yildan barça oliy taʼlim taşkilotida yölga qöyiladi.

Oliy taʼlim taşkilotlariga berilayotgan akademik va moliyaviy mustaqillik masʼuliyat bilan uyğun bölişi lozim. Davlat oliy taʼlim taşkilotlari kuzatuv kengaşlari tarkibining uçdan ikki qismi xususiy sektor va xorijiy universitetlar vakillaridan şakllantirilişi, rahbarlarning taʼlim sifati uçun javobgarligi oşirilişi şu maqsadga xizmat qiladi.

Ilmiy kadrlar tayyorlaş

Prezidentimizning şu yil 26-maydagi “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlaş va ularni attestatsiya qiliş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi farmoniga muvofiq, 1-sentyabrdan boşlab davlat byudjeti hisobidan tayanç doktorantura va doktoranturaga qabul kvotasining kamida 60 foizi ustuvor ilmiy ixtisosliklarga ajratilmoqda. Uşbu ixtisosliklar böyiça doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida oşirilgan stipendiya tölanadi. Tadqiqot uçun zarur asbob-uskunalar xaridiga har oy stipendiyaning 30 foizi miqdorida qöşimça mablağ ajratiladi. Tayanç doktoranturaning birinçi yilida tadqiqot metodologiyasi, akademik yoziş, statistika va maʼlumotlar tahlili böyiça öquv kurslari taşkil etiladi.

Kuzatişimça, yoş tadqiqotçilar işida uçraydigan kamçiliklar köpinça mavzu tanlovi bilan emas, balki tadqiqot usullarini yetarli egallamaganlik bilan boğliq. Şu jihatdan, metodologik tayyorgarlikka alohida urğu berilgani ğoyat eʼtiborli. Ayni paytda ustuvor yönalişlarni belgilaşda ijtimoiy-gumanitar fanlarning milliy özlikni anglaş, tarixiy xotira va maʼnaviyatni yuksaltirişdagi örni ham nazardan çetda qolmasligi lozim.

“Yangi Özbekiston” universitetida taşkil etilgan “Bloomberg” laboratoriyasi, “Idrock” sunʼiy intellekt klasteri, biotexnologiya va bioinformatika, materialşunoslik, lazer va nanotexnologiyalar laboratoriyalari taʼlim va ilmiy tadqiqot uyğunligining amaliy namunasidir. Navbatdagi vazifa uşbu tajribani hududlardagi oliy taʼlim taşkilotlariga ham keng tatbiq etişdan iborat.

Malaka tizimi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi qarori bilan maktabgaça va maktab taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirişning vazirlik, malaka oşiriş muassasasi va taʼlim taşkilotini qamrab olgan vertikal tizimi belgilandi. Endi bir oylik majburiy kurslar örniga kasbiy rivojlaniş vauçerlari joriy etilib, pedagoglar öz natijalaridan kelib çiqqan holda 18 soatdan 72 soatgaça bölgan öquv kurslarini mustaqil tanlaş imkoniga ega böladi.

Bu tartib malaka oşirişni navbat asosida emas, pedagogning haqiqiy kasbiy ehtiyojidan kelib çiqib taşkil etişga xizmat qiladi. Şu bilan birga, öquv kursining samarasi unda örganilgan usullarning dars jarayonida qöllanişi va natijalarning hamkasblar bilan muhokama qilinişiga boğliq. Binobarin, malaka oşirişni iş joyidagi metodik kömak bilan uyğunlaştiriş muhim ahamiyatga ega.

Jahon tajribasiga nazar taşlasak, Singapurning “SkillsFuture” taşabbusi katta yoşdagi fuqarolarga öz könikmalarini yangilaş va kasbini özgartiriş uçun ­davlat kömagini taqdim etadi. Uşbu tajribaning biz uçun eng muhim jihati taʼlimga inson mehnat faoliyatining butun davrini qamrab oladigan uzluksiz jarayon sifatida qaralişidir. Moliyaviy mexanizmlarni joriy etişda esa mamlakatimiz byudjet imkoniyatlari, iş beruvçilarning hissasi va öquv kurslari sifatini hisobga oliş talab qilinadi.

Raqamli savodxonlik

PISA — 2025 tadqiqoti doirasida ötkazilgan sörov natijalariga köra, öquvçilarimizning 49 foizi haftasiga kamida bir marta öquv topşiriqlarini bajarişda sunʼiy intellekt çat-botlaridan foydalanadi. Bu körsatkiç rivojlangan davlatlarning örtaça darajasi (46 foiz)dan yuqori. Demak, sunʼiy intellekt texnologiyalari taʼlim jarayoniga allaqaçon kirib kelgan. Uşbu texnologiyalar matnni tuşuntiriş, savol tuziş, maʼlumotni saralaşda katta yordam beradi. Ammo ularning mavjud bölmagan manbalarni ham keltirişi mumkinligini unutmaslik kerak. Tarix fani vakili sifatida aytişim mumkinki, manbani tanqidiy örganiş har qanday ilmiy izlanişning asosi va bugun bu könikma har bir öquvçi hamda talaba uçun zarur. Manbani topiş, dalillarni qiyoslaş va xulosa uçun masʼuliyat his qiliş raqamli savodxonlikning özagini taşkil etadi.

Şu munosabat bilan baholaş usullarini ham takomillaştiriş talab etiladi. Yeçim mantiğini oğzaki tuşuntiriş, maʼlumot tanlovini asoslaş, işni himoya qiliş talabaning haqiqiy bilimini aniqlaşga xizmat qiladi. Sunʼiy intellektdan foydalaniş tartibini oldindan belgilaş, şaxsiy maʼlumotlar himoyasini taʼminlaş, internet tarmoği sust hududlardagi talabalar uçun muqobil imkoniyatlar yaratiş ham muhim. Raqamlaştiriş samaradorligi xarid qilingan texnika soni bilan emas, uning taʼlim sifatiga taʼsiri bilan baholanişi lozim.

Taʼlim sohasidagi islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, inson kapitali va taʼlim strategiyasini işlab çiqiş jarayonida quyidagi takliflar asqatadi deb öylaymiz.

Birinçidan, uzluksiz taʼlim tizimi böğinlari örtasidagi uzviylik va izçillikni taʼminlaş lozim. Boğçadan maktabga, maktabdan texnikum yoki oliy taʼlimga, taʼlimdan mehnat faoliyatiga ötişda taʼlim oluvçi egallaşi zarur bölgan bilim va könikmalarni yagona hujjatda belgilaş maqsadga muvofiq. Yagona vazirlikning taşkil etilişi buning uçun qulay imkoniyat yaratadi. Bu işni boşlanğiç sinflarda öqib tuşuniş va hisoblaş könikmalarini muntazam tahlil qiliş, qiynalayotgan öquvçilarga manzilli yordam körsatişdan boşlaş samarali böladi. Bunda maktab faoliyatini öquvçilarning dastlabki holatga nisbatan ösişi asosida baholaşga eʼtibor qaratiş zarur.

Ikkinçidan, pedagoglarning malakasini oşiriş tizimini iş joyidagi metodik kömak bilan boğlaş kerak. Öquv kursidan söng dars tahlili, metodik maslahat, yoş pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktiriş amaliyotini keng joriy etiş, buning uçun öqituvçilarning haftalik yuklamasida tegişli vaqt ajratiş lozim. Şuningdek, rağbatlantiriş mezonlarida sertifikat va olimpiada natijalari qatorida öquvçilar bilimidagi ösişni ham hisobga oliş taklif etiladi.

Uçinçidan, taʼlim sifatini baholaş körsatkiçlarining oçiqligi va işonçliligini taʼminlaş muhim. Maktablar va bitiruvçilar sifati indeksi, oliy taʼlim taşkilotlarining milliy reytingi va akkreditatsiya natijalari böyiça har bir körsatkiçning hisoblaş davri, manbasi va uslubiyatini eʼlon qilib boriş, ularda kasblar va hududlar örtasidagi farqni hisobga oliş zarur. Ilmiy rahbarlar faoliyatini baholaşda şogirdlarining keyingi ilmiy natijalariga eʼtibor qaratiş ham örinli. Bu borada PISA natijalari yuzasidan mutaxassislar tahlilini jamoatçilikka taqdim etiş dastlabki qadam bölişi mumkin.

Törtinçidan, har qanday xorijiy tajriba va raqamli loyihani keng joriy etişdan oldin çeklangan miqyosda sinovdan ötkaziş, pedagogik maqsad, xarajat va baholaş usulini oldindan belgilaş maqsadga muvofiq. Dual taʼlimda korxonalarga beriladigan subsidiyalarni murabbiylar malakasi va öqitiş soatlarining bajarilişiga boğlaş lozim. Şu bilan birga, mablağlarni taqsimlaşda hududiy tenglikni oçiq mezon sifatida belgilaş, olis qişloq maktablari, kam taʼminlangan oilalar farzandlari va alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bolalar uçun qöşimça xarajatlarni Inson kapitalini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan qoplaş masalasini körib çiqiş taklif etiladi.

Jadid bobolarimiz davrida maktab oçiş alohida maʼrifatparvarlarning jasorati va fidoyiligiga tayangan bölsa, bugun taʼlim Konstitutsiya, davlat byudjeti va yaxlit boşqaruv tizimi bilan kafolatlangan. Islohotlarning haqiqiy natijasi farmon va qarorlar soni bilan emas, har bir sinfxonada, har bir auditoriyada keçayotgan kundalik mehnat sifati bilan ­ölçanadi. Şunday ekan, bilimli, mustaqil fikrlaydigan, halol mehnat qiladigan va muntazam öz ustida işlaydigan avlodni voyaga yetkaziş yölida xizmat qiliş barçamizning asosiy vazifamizga aylanişi zarur. Yangi Özbekistonda taʼlim islohotlarining tarixiy ahamiyati ham ana şunda namoyon böladi.

Naim OBLOMURODOV,

Toşkent davlat iqtisodiyot

universiteti professori,

tarix fanlari doktori