- Universitet Oʻzbekiston Respublikasi, shuningdek Markaziy Osiyo mintaqasida turizm sohasidagi birinchi xalqaro darajadagi universitet hisoblanadi;
- Universitetning 70 foiz oʻqituvchilari – yirik xorijiy oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olgan mutaxassislar;
- Tegishli mutaxassisliklar boʻyicha barcha fanlar ingliz tilida oʻqitiladi;
- Taʼlim jarayoni aqlli (smart) texnologiyalarga asoslangan;
- Talabalar boy va zamonaviy kutubxonada oʻz bilimlarini boyitishadi;
- Universitet turizm sohasida dunyoning yetakchi mutaxassislarini oʻquv jarayoniga jalb etmoqda;
- Universitet qator (AQSH, Xitoy, Italiya, Singapur, Hindiston, Indoneziya, Turkiya, Rossiya, Fransiya va Kanada) mamlakatlarning turizm sohasidagi eng taniqli oliygohlari bilan hamkorlik qiladi;
- Universitet talabalari madaniy hordiq chiqarishlari uchun barcha qulayliklar mavjud: shaxmat maydonchalari, kutubxonaning “Relax & Read” zonasi, suzish havzasi, sport zali va b.;
- Talabalarni mehmonxona va restoran ishi bilan yaqinroq tanishtirish uchun universitetda maxsus amaliyot hududi mavjud;
- “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga oʻqishga kirgan talabalar sifatli taʼlim olishga va, eng muhimi, turizm sohasida professional mutaxassis boʻlishiga kafolat beriladi.
“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti haqida 10 fakt
Turizm va sport vazirligi axborot xizmati Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti haqida 10 ta faktni eʼlon qildi.
O‘zbekiston va AQSh Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar
- UZCERT davlat tashkilotlari va korxonalarni ommaviy kiberhujumlar haqida ogohlantirdi
- Mikrokreditbank aktivlari 30,7 trln soʻmga yetdi, Fitch reytingni BB darajasiga oshirdi
- Malayziya Markaziy Osiyoda tibbiy turizm yoʻnalishi sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda
- Sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
- Polshadagi elchixona ko‘magida ona va bola Vatanga qaytarildi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- O‘qishga kirolmagan yoki yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar vakant o‘rinlar uchun tanlovda ishtirok etadi