Namangan viloyati CHortoq tumanida yashovchi fuqaro Tilobat Hamzaeva nomidan O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat kelib tushdi. Murojaatda iste'molchi "Halol rizq quyonchilik fermasi" fermer xo'jaligi bilan 2020 yil 20 avgust kuni tuzilgan shartnomaga asosan, 25 150 000 so'mlik nasldor quyon, quyon qafasi hamda ozuqasini ololmay kelayotganini qayd etgan. Murojaat federatsiya mutaxassislari tomonidan o'rganilib, 25 150 000 so'mlik nasldor quyon, qafasi hamda ozuqasi iste'molchi foydasiga undirib berildi.
Murojaatlardan yana biri Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi fuqaro Sayyora Tillaboevaga tegishli. Unda yozilishicha, iste'molchi issiqxona bilan shug'ullanish maqsadida Xalq bankining Uychi tumani filialidan kredit olgan. Ta'minotchi uyiga kelib 5 million 800 ming so'mlik issiqxona qurib bergan, biroq issiqxona bir necha bor qulab tushgan. Fuqaro mazkur holat yuzasidan ta'minotchiga bir necha murojaat qilgan. Ammo u turli vajlar bilan issiqxonani ta'mirlashni ortga surgan. Mazkur murojaat o'rganilib, ta'minotchining iste'molchiga tegishli issiqxonani bepul ta'mirlab berishiga erishildi.
Iste'molchi doim haq
Iste'molchilar haq-huquqlarining poymol qilinishi bilan bog'liq hodisalar yangilik emas. Zotan hech kim bunday noxush holatdan kafolatlanmagan. SHunday bo'lsa-da, tegishli tashkilotlar iste'molchilar huquqlarini ta'minlab, haqini undirib bermoqda.
Hindistonda qoplon uylardan biriga kirib, olti kishiga hujum qildi
- «Navoiyuran» DK ISO 37001:2025 xalqaro standarti sertifikatiga ega boʻldi
- Qashqadaryo viloyatida soliq to‘lovchilarni pulini talon-toroj qilgan soliqchilar fosh etildi
- Surxondaryoda yirik narkotik kontrabandasi fosh etildi: 52 kilogrammdan ziyod giyohvandlik vositalari ushlandi
- Jahon minbaridan baralla yangragan haqiqat: “Biz insoniyat tomonidamiz”
- O‘zbekiston XX Osiyo o‘yinlarini 70 ta medal bilan 5-o‘rinda yakunladi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi