Namangan viloyati CHortoq tumanida yashovchi fuqaro Tilobat Hamzaeva nomidan O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat kelib tushdi. Murojaatda iste'molchi "Halol rizq quyonchilik fermasi" fermer xo'jaligi bilan 2020 yil 20 avgust kuni tuzilgan shartnomaga asosan, 25 150 000 so'mlik nasldor quyon, quyon qafasi hamda ozuqasini ololmay kelayotganini qayd etgan. Murojaat federatsiya mutaxassislari tomonidan o'rganilib, 25 150 000 so'mlik nasldor quyon, qafasi hamda ozuqasi iste'molchi foydasiga undirib berildi.
Murojaatlardan yana biri Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi fuqaro Sayyora Tillaboevaga tegishli. Unda yozilishicha, iste'molchi issiqxona bilan shug'ullanish maqsadida Xalq bankining Uychi tumani filialidan kredit olgan. Ta'minotchi uyiga kelib 5 million 800 ming so'mlik issiqxona qurib bergan, biroq issiqxona bir necha bor qulab tushgan. Fuqaro mazkur holat yuzasidan ta'minotchiga bir necha murojaat qilgan. Ammo u turli vajlar bilan issiqxonani ta'mirlashni ortga surgan. Mazkur murojaat o'rganilib, ta'minotchining iste'molchiga tegishli issiqxonani bepul ta'mirlab berishiga erishildi.
Iste'molchi doim haq
Iste'molchilar haq-huquqlarining poymol qilinishi bilan bog'liq hodisalar yangilik emas. Zotan hech kim bunday noxush holatdan kafolatlanmagan. SHunday bo'lsa-da, tegishli tashkilotlar iste'molchilar huquqlarini ta'minlab, haqini undirib bermoqda.
“O‘zmilliybank”ning iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejalari ko‘rib chiqildi
- Fargʻona viloyatini iqtisodiy rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishning ustuvor vazifalari belgilandi
- Turizm salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish va madaniy meros obyektlarini asrash boʻyicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
- Özbekiston va Qozoğiston Londonda qöşma startap markazini işga tuşirdi
- «Beş taşabbus olimpiadasi»ning respublika finali Urgançda boşlandi
- Mikrokreditbank parrandaçilik sohasidagi 524 ta loyihani 2,5 trillion sömlik kredit bilan qöllab-quvvatladi
Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub
- 5 million tonna paxta haqidagi hisobotga ijtimoiy tarmoqlarda şubha bildirildi: vazirlik izoh berdi
- 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov: maşğulotlar qayerda ötkaziladi va kim dars beradi?
- Namanganda noqonuniy ovlangan baliqlar uçun 1 mlrd 25 mln söm zarar hisoblandi
- Maişiy gaz ballonlarini qayerda töldiriş mumkin?
- Ayrim taʼlim muassasalari xodimlariga mehnat staji uçun ustamalar belgilandi