Ma’lum qilinishicha, u o‘zini go‘yoki elektr tarmoqlari korxonasi xodimi sifatida tanishtirib, fuqaro F.B.ning xonadonida elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik va elektr hisoblagichini ta’mirlab berishni va’da qilgan.

Evaziga u 9,4 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.