Joriy yilning 29-oktyabr kuni Izboskan tumanida istiqomat qilayotgan fuqarolarni murojaatlari boʻyicha tuman hokimi hamda sektor rahbarlari boshchiligida, sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Qabulda 158 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 140 ta murojaat ijobiy hal etildi. Qolgan 18 ta murojaat tegishli mutasaddi tashkilotlarga oʻrganish uchun yuborildi.
Jumladan: 32 nafar fuqarolarga mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan mablagʻlari hisobidan qurilish materiallari, 50 nafariga viloyat hududidagi tibbiyot muassasalarida davolanishlari uchun imtiyozli yoʻllanmalar, 43 nafar fuqarolarga kuz-qish mavsumidan qiyinchiliksiz chiqish uchun 1 tonnadan koʻmir yetkazib berildi.
Bundan tashqari, 5 dona nogironlik aravachasi, 3 dona kir yuvish mashinasi, televizor hamda eshitish moslamalari fuqarolarning murojaatiga asosan oʻz egalariga topshirildi.
Izboskanda 140 ta murojaat hal etildi
Bu haqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub
- 5 million tonna paxta haqidagi hisobotga ijtimoiy tarmoqlarda şubha bildirildi: vazirlik izoh berdi
- 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov: maşğulotlar qayerda ötkaziladi va kim dars beradi?
- Maişiy gaz ballonlarini qayerda töldiriş mumkin?
- Namanganda noqonuniy ovlangan baliqlar uçun 1 mlrd 25 mln söm zarar hisoblandi
- Ayrim taʼlim muassasalari xodimlariga mehnat staji uçun ustamalar belgilandi