Ularning ustoz va murabbiylarining oylik maoshiga 100 foizgacha ustama toʻlanadi. Bunday imtiyoz va yengilliklar xususiy ijodiy guruhlarga ham tatbiq etiladi. Har yili 100 nafar yoshning davlat hisobidan xorijiy madaniyat-sanʼat dargohlarida taʼlim olishi yoʻlga qoʻyiladi.
Yurtimizdagi yosh isteʼdodlarni aniqlab, yuzaga chiqaradigan, prodyuserlarni qoʻllab-quvvatlaydigan biznes loyihalarini koʻpaytirish maqsadida “Ijodga investitsiya” jamgʻarmasi tashkil etiladi va yiliga 200 milliard soʻm beriladi.