Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bahs olib borgan turnirda Javohir Sindarov 9 tur davomida 5 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Uesli So va Rameshbabu Praggnanandhaadan keyingi pog‘onani band etdi hamda musobaqaning bronza medali sohibiga aylandi.

Javohir Sindarovning turnirdagi natijasi — 5 ochko, 3-o‘rin va 42 500 AQSh dollari miqdoridagi mukofot.

Shu tariqa, vakilimiz nufuzli “Grand Chess Tour 2026”ning so‘nggi bosqichida ham o‘z nomini kuchli uchlikdan joy oldirishga muvaffaq bo‘ldi.