Uç kun davom etgan musobaqada Sindarov dunyoning yetakçi grossmeysterlari — Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va Pragnanandxaga qarşi bahs olib bordi.

Javohir Sindarov turnirni jami 20,5 oçko bilan yakunlab, birinçi örinni egalladi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamğarmasi 425 ming dollarni taşkil etdi. Ğolib sifatida Sindarov 125 ming dollar asosiy mukofotga ega böldi. Şuningdek, u partiyalardagi ğalabalari uçun belgilangan pul bonuslari va çempionga atalgan qöşimça jackpot mukofotini ham qölga kiritdi.

Bu Javohir Sindarovning jahon çempioni Gukeş Dommaraju bilan ötkazadigan şaxmat böyiça jahon çempionligi matçi oldidan iştirok etgan sönggi turniri böldi.