Nufuzli xorijiy kompaniyalarda işlayotgan yuqori malakali vatandoşlarimizni yurtimizga jalb qiliş uçun ularga munosib iş haqi va mehnat şaroitlari yaratiladi.

Şuningdek, “Yangi Özbekiston”, Inha, “ToşTeç” va Turin politexnika kabi oliygohlarga yetakçi xorijiy universitetlar bilan qöşma taʼlim dasturlarini taşkil etiş, mutaxassislar jalb qiliş va zamonaviy muhandis-texnologlar tayyorlaşni kengaytiriş topşirildi.

Bu orqali mamlakatimiz sanoatining texnologik taraqqiyotiga xizmat qiladigan yuqori malakali muhandislar korpusini şakllantiriş maqsad qilingan.