Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat xaridlarida shaffoflik va adolatli raqobatni ta’minlash maqsadida xarid jarayonlari doimiy o‘rganilib aniqlangan qonunbuzilishlari bartaraf etib borilmoqda. 

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida, Agentlik tomonidan 9,3 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridida qonunbuzilish holatlari aniqlandi: 

- “Binolardan foydalanish va qurilish-ta’mirlash ishlari direksiyasi” buyurtmachiligida 1,74 mlrd. so‘mlik; 

- “Bekobod ovqatlanish kombinati” MChJ buyurtmachiligida 1,6 mlrd. so‘mlik; 

- Uchqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 1,55 mlrd. so‘mlik; 

- Uchqo‘rg‘on tuman voleybol sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab internati buyurtmachiligida 1,43 mlrd. so‘mlik; 

- Urganch shahar tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 824 mln. so‘mlik; 

- Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligida 790,5 mln. so‘mlik; 

- Piskent tumani hokimligi buyurtmachiligida 700 mln. so‘mlik; 

- Yangibozor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi buyurtmachiligida 241,5 mln. so‘mlik; 

- Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligida 238,5 mln. so‘mlik; 

- Yangibozor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi buyurtmachiligida 202,9 mln. so‘mlik o‘tkazilgan davlat xaridlarida sohaga oid qonunchilik talablariga zid ravishda baholash jarayonida qonunbuzilishiga hamda ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklash holatlariga yo‘l qo‘yilgan. 

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan yuborilgan Agentlikning taqdimnomalari bilan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinishi ta‘minlanib, davlat xaridlarining qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olindi.

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.