Bu bayonot “Progressivlar” partiya prezident Edgars Rinkevichni yangi hukumat tuzish bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlashga chaqirganidan bir kun o‘tib yangradi. Partiya Evika Silinya boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi faoliyat yuritish qobiliyatini yo‘qotganini aytdi.
Partiya ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaziyatda faqat ikkita variant qolgan: bosh vazirning iste’fosi yoki parlamentda ishonch ovozi.
Evika Silinya “Progressivlar” bilan muzokaralardan so‘ng koalitsiyani davom ettirishni taklif qilganini aytdi. Biroq, partiya endi "Yangi birlik" boshchiligidagi koalitsiyani qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi, deb xabar berdi Kazinform.
"Yashillar va dehqonlar ittifoqi" “progressivlar”ning hukumatni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi hukumatning qulashiga olib kelganini aytib, yangi hukumat mamlakat uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.