Endilikda nomzodlar my.gov.uz portali orqali xizmatga kirish uchun arizani onlayn tarzda topshirishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun fuqaro:

  1. my.gov.uz portalida avtorizatsiyadan oʻtib, soʻrovnomani toʻldiradi;

  2. Milliy gvardiya mas’ul xodimlari taqdim etilgan ma’lumotlarni koʻrib chiqib, nomzodni saralash bosqichlariga yoʻnaltiradi;

  3. 15 ish kuni ichida saralash tadbirlarida ishtirok etishga ruxsat berilgani yoki rad etish sababi koʻrsatilgan bildirishnoma yuboriladi;

  4. Dastlabki oʻrganishdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar belgilangan joyda amaliy va jismoniy sinovlarni topshiradi.

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • yashash joyidagi poliklinikadan sogʻliq holati toʻgʻrisida ma’lumotnoma;

  • sport sohasidagi yutuqlar, xorijiy tillarni bilish, IT-kurslar hamda «Vatanparvar» tashkiloti sertifikatlari — mavjud boʻlgan taqdirda.

Xizmatdan foydalanish bepul.

Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portali