Davlat organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimizda sud-huquq tizimini rivojlantirish va uning nufuzini mustahkamlash, sohada islohotlarni jadal amalga oshirish, jamiyatda qonuniylikni ta’minlash, adolatni qaror toptirish orqali inson qadr-qimmatini ulug‘lash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qo‘shgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 80-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ekspertlar guruhi katta eksperti Mirbabayev Baxtiyar Shamsutdinovich «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev