Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bu natija Prezident rahbarligida mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasi ekanini taʼkidladi.
Uning qayd etishicha, mazkur reytingning yaxshilanishi amalda Oʻzbekiston uchun yanada qulay shartlardagi investitsiyalarni jalb etish, arzonroq moliyaviy resurslardan foydalanish, yangi korxonalarni ishga tushirish va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Oldinda hali qiladigan ishlarimiz koʻp. Bosh maqsadimiz Oʻzbekiston fuqarolari uchun munosib kelajakni taʼminlovchi kuchli, ochiq hamda raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etishdir», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.