Shu munosabat bilan u O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Akmal Jumanazarov 2024 yil fevralida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori etib tayinlangan edi.

Undan oldin, 2023 yil fevralidan boshlab elektr energetikasi va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha energetika vazirining o‘rinbosari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.