Ular Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida tantanali ravishda kuzatib qoʻyildi.
Tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, shuningdek, faxiylar, terma jamoamiz yetakchilari ishtirok etib, vatanparvar muxlislarimizga omad va oq yoʻl tilashdi.
Rejaga koʻra, 8 kishidan iborat muxlislar jamoasi safar davomida yurtimizning barcha viloyatlarida boʻlib, yurtdoshlarimiz hamda futbol ishqibozlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Shundan soʻng ular Qozogʻiston va Yevropa orqali harakatlanib, Atlantika okeani orqali AQShga yetib borishi rejalashtirilgan.