Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda “HST”, “VEK” va “RBMT” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro “TESLA SHOP” guruhiga tegishli 58 ta Telegram bot orqali sotilgan narkotik va psixotrop vositalari uchun kelib tushgan 20,9 mlrd so‘m mablag‘ni 14 nafar xorijiy fuqaro nomiga O‘zbekiston banklarida ochilgan 90 ta soxta (drop-) kartaga, 8 mlrd so‘mini “Paynet” faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “HST” va “VEK” MChJlarga hamda 4,7 mlrd so‘mini “CP” kripto-do‘koniga o‘tkazib, keyinchalik ushbu va boshqa mablag‘larni jamiyatlarning hisob raqamlariga o‘tkazib, aholiga 621,2 mlrd so‘mlik “Paynet” xizmatlarini ko‘rsatishib, 90,3 mlrd so‘mlik soliq to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlaganliklari, shuningdek, ushbu faoliyatdan orttirilgan mablag‘lar hisobidan 50,5 mln AQSh dollari miqdorida noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasini amalga oshirib, shundan 2,4 mln AQSH dollari miqdoridagi kriptoaktivlarni 14 nafar chet el fuqarosining valyuta hisob raqamlariga o‘tkazib, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.