40 yoshli haydovchi boshqaruv paytida suv ichib, idish qopqog‘ini tushirib qo‘ygan. U pastga egilib, qopqoqni izlayotganda boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Sud haydovchiga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Shuningdek, u 3 yil barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilindi.