Bir qaraşda oddiy körinadigan bu formulani yaratiş oson emas. Buning uçun tinimsiz mehnat, kuçli siyosiy iroda, bugungi kunni töğri baholab, kelajakni köra biliş lozim. Muhimi, xalqning qalbini anglab, uni ortidan ergaştira oladigan yetakçi bölişi zarur.
Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yilida bajarilayotgan işlar, umuman, yangi Özbekistondagi islohotlar özida mana şu uç ustunni jamlagan. Şu örinda joriy yil nomining mazmun-mohiyatini qisqaça izohlasak. Xalqimiz azaldan barça masalalarga mahallaning özidan yeçim topgan. Oqsoqollar ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilgan. Bunda jamiyatdagi birdamlik, bir-birini qöllab-quvvatlaş iş bergan. Masalan, oqsoqolning sözi bois, boylar iqtisodiy ahvoli oğir oilaga kömak bergan. Hunarmandlar yöqsil oilalar farzandlariga tamasiz kasb örgatgan. Köçalar obodligi, asosan, haşar yöli bilan bajarilgan. Şu bois, “Ahillik bor joyda baraka bor” degan mazmundagi naql paydo bölgan. Yaʼni ijtimoiy birdamlik orqali iqtisodiy barqarorlikka erişilgan. Iqtisodiy ösiş öz-özidan taʼlimga, inson kapitalini yuksaltirişga xizmat qiladi. Şu sababli mahallalarda oqsoqollarning obrösi baland bölgan. Ehtimol, ular zarbof çopon kiymagandir, ammo masalani joyida hal eta olgan. Har qanday davrda ham mana şunday oqsoqollarga — xalq içidan çiqqan fidoyi insonlarga ehtiyoj seziladi. Negaki, aynan ular mamlakatdagi islohotlarni joylarda birdek olğa siljişiga kömak beradi. Bu xususda yana töxtalamiz. Demoqçimizki, hayot, taraqqiyot bir joyda töxtab turmaydi. Yangilanişlar jarayoni doim zamonaviy qiyofada namoyon böladi. Ana şu zamonaviylik asl ildizlardan quvvat olsa, hayotbaxşlik kasb etadi.
Yangi Özbekistondagi islohotlar ham aynan şu ildizlardan andoza olib, zamonaviy quvvat, yangiça ruhiyatda keçyapti. Buni Prezidentimizning “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş” yilida ustuvor yönalişlar böyiça islohotlar dasturlari va “Özbekiston — 2030” strategiyasini amalga oşiriş böyiça davlat dasturi töğrisida”gi farmoni, uning mazmun-mohiyati tahlilida ham köriş mumkin.
Şu örinda mahallalarga yangi Özbekiston nafasini olib kiriş uçun belgilab berilgan ayrim jihatlarni sanab ötsak. Jumladan, mahallalarda 100 mingta yangi iş örnini yaratiş uçun 10 mingdan ziyod işlab çiqariş va xizmat körsatiş loyihasi işga tuşiriladi.
Kambağallik va işsizlikdan xoli mahallalar sonini 3,5 mingtaga yetkaziş nazarda tutilgan. Muhimi, mahallalardagi muammolarni bir vaqtning özida tezkor hal etişda barça davlat organlariga masʼuliyatni yuklab, ijroni 24/7 rejimda onlayn nazorat qiliş amaliyotini yölga qöyiş körsatilgan. Qolaversa, mahallalar infratuzilmasini takomillaştirişga 20 trillion söm ajratilib, ularga yangi Özbekiston qiyofasi olib kirilmoqda.
Mamlakatimiz yetakçisi belgilab bergan mana şu törtta vazifa yuqorida qayd etganimiz taraqqiyot formulasiga mos tuşadi. Masalan, inson kapitalini yuksaltiriş haqida töxtalsak. Taʼkidlanganidek, mahallalarda yangi iş örinlari yaratişga jiddiy eʼtibor berilmoqda. Buning uçun tadbirkorlarga keng yöl oçilib, mahallada işlab çiqariş quvvatlari kengaytirilyapti. Şu orqali aholi işli bölyapti. Öşa iş örniga munosib bölişi uçun aholi, xususan, yoşlar va xotin-qizlar kasbga bepul öqitilyapti. Negaki, ular jamiyatning zaif qatlami. Ana şu qatlam mustahkam bölsa, mamlakatdagi ijtimoiy muhitda barqarorlik ustuvor böladi.
Birgina misol, Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Amir Temur mahallasida yaşaydigan Nigina Karimovaga “mahalla yettiligi” yordam bergaç, uyida asalariçilik va novvoylikni yölga qöygan. U imkoniyatdan kuç olib izlandi, işladi. Natijada mahallada tajribali tadbirkor degan nom qozondi. Bugun Nigina Karimova tadbirkor böliş istagidagi mahalladoşlariga yordam beryapti. Bu bir qaraşda juda oddiy misol. Ammo uni tahlil etsangiz, juda katta hayotiy haqiqatlar örtaga çiqadi. Nigina Karimova rözğorini yuritişga quvvati yöq, qiynalgan yurtdoşlarimizdan biri edi. “Mahalla yettiligi” uning iş boşlaşi uçun şaroit yaratib berdi. Uyiga borib vaziyatni örgandi, tadbirkorlik qilmoqçi bölsa, yonida turişini aytib, unga işonç körsatdi. Natija esa kutilganiday böldi. Taʼkidlanganidek, endi boşqalarga şu yölda kömakçi bölyapti. Bir fuqaroga körsatilgan töğri yöl, berilgan yordam islohotlarning zanjirli ravişda izçil davom etişiga sabab bölmoqda.
Qoraqalpoğistonning Nukus tumanidagi “Biogumus” fermer xöjaligida pomidorni tabiiy şaroitda quritib, eksport qiliş yölga qöyilgan. Uşbu korxonada işlayotganlar yoşlar va xotin-qizlar. Ular avval kasb örganib, keyin işli bölmoqda. Şu orqali malakali kadrlar safi kengayib, iqtisodiy barqarorlik taʼminlanyapti.
Qoraqalpoğistonlik tadbirkorlarga alohida eʼtibor berilib, imtiyozlar taqdim etilgaç, katta yutuqlar körina boşladi. Ular aholi bandligini taʼminlaşga xizmat qilyapti. Buning zamirida ham aslida mahallaga berilgan eʼtibor, yaratilgan keng imkoniyatlar bor.
Şu örinda yaqin tariximiz yodga tuşadi. Mahalla tizimidagi tarixiy ildiz muayyan muddat asliyatidan uzilib qolgan edi. Sobiq şöro tuzumida mahalla markazga xizmat qiladigan, mafkurasini tarğib etadigan idoraga aylangandi. Mahalla aholiga kömakçi emas, ularni nazorat qiladigan tuzilma edi. Özini özi boşqariş xususiyati butkul çeklangandi. Hozir bu haqida köp taʼrif keltirib vaqtni olmoqçi emasmiz. Mustaqillik sabab mahalla tizimi öşa qolipdan çiqarildi. Özini özi boşqariş vazifasi qaytarildi. Lekin imkoniyati çeklanganiça qolib ketdi. Yaqin yillarda ham mahalla faollari rais bilan birga imtiyozli narxda kişi boşiga grammlab ölçab beriladigan yoğ va un tarqatardi. Bugun yoşlar bunga işonmaydi, lekin biz mahalla idorasi yoniga borib, arzonroq narxda ön beş kilo un olamiz deb, yarim kunlab navbatda turganmiz.
Bu borada ijtimoiy adolat haqida aytiş zarur. Öşa arzonlaştirilgan un va yoğni mahsulot tarqatilayotgan kuni çöntagida puli bor odamgina olardi. Kambağallarga, ijtimoiy kömakka muhtojlarga alohida eʼtibor degan qaraş yöq edi. Oqibat bu imtiyozdan ham köp hollarda boylar foydalanardi. Ha, rasmiy ravişda kambağal yöq edi. Lekin imtiyozli narxdagi un va yoğni sotib olişga ham qurbi yetmaydigan insonlar bilan yonma-yon yaşardik...
Yangi Özbekistondagi islohotlarning ilk kunlaridanoq mahallalarga xotin-qizlar va yoşlar masalasini örganiş uçun xodimlar biriktirildi. Bu saf asta-sekin kengayib, mutlaqo yangi va zamonaviy tuzilma — “mahalla yettiligi” vujudga keldi. Ular uyma-uy yurib, aholining asl vaziyatini örganib, masalalarga joyida yeçim topmoqda. Kimdir tadbirkorlik qilmoqçimi, marhamat, kredit olib beriladi. Zaruratga qarab uskuna va dastgohlar bepul taqdim etiladi. Toki işi yurişib ketgunça har jihatdan kömaklaşadi. Tomorqada mahsulot yetiştirmoqçi bölsa, uruğidan tortib, mahsulotni sotişgaça bölgan jarayonni qamrab olgan tizim işlaydi. Şu bois, mahalla drayveri belgilab olinmoqda. Ijtimoiy yordamga muhtoj şaxslarga tibbiy, huquqiy, iqtisodiy, psixologik yordamlar bepul beriladi. “Yettilik” qadimdagi oqsoqollar bajargan işni qölga olgan. Masalani mahalladan çiqmay, joyida hal etyapti. Bu qadimiy ildizlardan kuç olib, yangi, hayotbaxş tizim yaratiş deyiladi!
Ha, “yettilik” tizimi joriy etilgaç, kredit, subsidiya, kompensatsiya, moddiy yordam ajratiş kabi 100 dan ziyod xizmat mahalla darajasiga tuşirildi. Natijada mahalla aholiga amaliy yordam beradigan tizimga aylandi. Manzilli işlar kölami kengaygaç, Xalq qabulxonalari va hokimliklarga ijtimoiy xizmat hamda yordam masalalari böyiça murojaatlar 35 foiz kamaygan. Şuning öziyoq yangi tizim masalalarni joyida hal etayotganini körsatadi. Joriy yildagi işlar sabab mazkur 35 foiz körsatkiç yanada oşişi tabiiy.
Taʼkidlaganimizdek, Prezidentimiz farmoni bilan mahallalarda 100 mingta yangi iş örni yaratiş belgilangan. Navoiylik Nigina Karimova va pomidorni qayta işlab, xorijga sotayotgan nukuslik yoş tadbirkor Şerzod Niyazimbetov kabi yurtdoşlarimiz ana şu raqamlar ortiği bilan bajarilişiga hissa qöşmoqda. Ular kabi qahramonlarni yurtimizning istalgan hududida topiş mumkin. Çunki bugun har bir mahallaning öz tadbirkorlari bor!
Keçagi kunimizdan bir lavha keltirsak. Ilgari mahallada tadbirkorlar juda kam edi. Ayniqsa, olis qişloqlarda tadbirkorlik masalasi oğriqli nuqta edi. Yodimda, qişloğimizda sanoqli ikki-uçta dökon bölardi. Har oy soliq tekşiruvlari sabab öşa dökonlar ham hafta-ön kunlab oçilmasdi. Noqonuniy savdo uçun dökonga muhr urilardi. Qonuniy işlaş uçun esa tösiqlar köp, olinadigan soliq miqdori baland edi. Bu esa dökondagi narxlarga taʼsir qilar, ayni jihat savdo kamayişiga olib kelardi. Bugun öşa mahallada önga yaqin dökon bor. Bundan taşqari, xizmat körsatiş nuqtalari oçilgan. Çekka qişloq deyilgan manzilda kattagina oşxona, novvoyxona işlayapti. Buning barçasi iş örni, daromad degani. Ana şu işlar natijasida kambağallik va işsizlikdan xoli mahallalar soni yanada oşib boryapti. Samara allaqaçon körina boşladi. Buni Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanidagi Çim mahallasi misolida ham köriş mumkin.
Uşbu hududga “Yangi Özbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berildi. Mazkur dastur asosida Çimning infratuzilmasi tubdan yangilandi. Masalan, hududda 240 örinli bolalar boğçasi, mahalla va yoşlar markazlari, istirohat boği barpo etilgan. Mana şuning öziyoq iqtisodiy-ijtimoiy hayotimizda juda katta ahamiyatga ega. Bolalar boğçasini olaylik. Onalarning bola tarbiyasidan vaqt ajratib, boşqa yumuş bilan maşğul bölişi qiyin. Boğçalar köpayişi oilaning ijtimoiy muhitiga juda katta ijobiy taʼsir körsatadi. Avvalo, bola öz vaqtida bilim va könikmalarga ega bölib kamol topadi. Qolaversa, ayollar bemalol işlaşi mumkin böladi.
Bir paytlar olis Çim mahallasida aholi borib hordiq çiqaradigan biror manzil yöq edi. Istirohat boği şu masalaga yeçim böldi.
Keyingi yillarda qişloqlarda ham soğlom turmuş tarziga amal qiliş uçun keçki sayrga çiqiş, piyoda yuriş odatiy holga aylanib boryapti. Bunday sayrlar oilaviy suhbatlarga, gurunglar esa bir-birini tuşunişga sabab böladi. Buning uçun köplab mahallalarda piyodalar uçun xavfsiz yölaklar qurilyapti. Ular quyoşdan quvvat olib işlaydigan çiroqlar bilan yoritilmoqda. Yöllar asfalt qilinib, xizmat körsatiş nuqtalari yaratilyapti. Bular ham qöşimça iş örni, xalqimiz uçun qulaylik degani.
Aholi bandligini taʼminlaş borasida drayver sohalar belgilab olinayotir. Çim mahallasi misolida ham buni körişimiz mumkin. Hududning tarixiy ildizlari, aholining yillar davomidagi könikmalaridan kelib çiqib, yangi loyihalar amalga oşirilmoqda. Masalan, Çimda gilamçilik va kaştaçilik korxonasi oçilgan. Banklar kömagida 20 ga yaqin xonadonda umumiy maydoni 36 sotixli issiqxonalar, yetiştirilgan mahsulotni saqlaş uçun esa 200 tonnalik muzlatkiç qurilgan. Natijada 80 dan ortiq işsiz fuqaroning bandligi taʼminlangan. Mahallada kooperatsiya asosida limonçilik yölga qöyilgan. Buning uçun aholiga köçat, öğit va agrotexnik xizmatlar yetkazib beriladi. Tayyor hosil esa kafolatlangan narxda sotib olinadi. Ha, hatto xorijlik xaridorlar Çim kabi olis manzillarda yetiştirilgan mahsulotni töğridan töğri sotib olyapti.
Umuman, bunday misollarni köplab keltiriş mumkin. Demoqçimizki, bu işlar mahalla tizimidagi yangilanişlar sabab öz vaqtida samarali amalga oşirilyapti. Yaʼni mahallalarga bankirlar va soliq organlari xodimlari biriktirildi. Bir paytlar soliqçining maşinasi körinsa, dökonini yopib qoçgan işbilarmonlar bugun ularning tavsiyasi, kömagi bilan iş qilyapti. Baʼzan öşa soliqçilar mahalladagi imkoniyatlarni örganiş uçun tadbirkorlardan maslahat olyapti. Buni bir söz bilan ijtimoiy birdamlik deyişadi!
“Mahalla bankirlari” esa aholining daromad manbalarini aniqlab, tadbirkorlik loyihalarini işlab çiqyapti. Kredit resurslaridan foydalanişga kömaklaşyapti. Şu jarayonda infratuzilmani rivojlantiriş uçun esa alohida mablağ ajratilmoqda.
Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yilida ustuvor yönalişlar böyiça islohotlar dasturlari va “Özbekiston — 2030” strategiyasini amalga oşiriş böyiça davlat dasturi ijrosi doirasida mahallada aholi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşning yangi mexanizmlari amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bugungi fuqarolarning mahalliy darajadagi qarorlar qabul qiliş jarayonidagi iştirokini kengaytiriş maqsadida “Mahallam — loyiham” dasturi amaliyotga joriy etildi. “Raqamli mahalla” platformasida uning maxsus moduli va mobil ilovasi işga tuşirildi. Uşbu dastur doirasida “Yangi Özbekiston qiyofasidagi tuman (şahar)” maqomi beriladigan 33 tuman (şahar)dagi 1609 mahallada “mahalla yettiligi” va faollar iştirokidagi muhokamalar natijasida 1390 ta loyiha şakllantirildi. Ğoliblar esa bevosita aholining ovozi asosida aniqlandi. Natijada 33 ta loyiha ğolib topilgan. Mana şu loyihalarda nimalar nazarda tutilganini örganib, bugun xalqimiz mahallasida qanday işlarni bajariş niyatida yaşayotganini biliş mumkin. Eʼtibor bering, ular asosan sport maydonçalari, quyoş batareyali köça yoritqiçlari, bolalar maydonçalari, taʼlim muassasalari va kutubxonalarni jihozlaş, piyodalar yölakçalari, miniparklar va daraxtzorlar barpo etişga qaratilgan loyihalar!
Bir paytlar loy va çang arimaydigan köçamizga toş-şağal tökaylik derdik. Bugun köplab içki yöllar asfaltlandi. Endi şu yöllarni yoritiş, maktab va boğçalarni köpaytiriş, kutubxonalar oçiş niyatida yaşayapmiz. Ayni örinda yana tarixga bir nazar solsak.
Yodimda, mahallamiz idorasining eski binosi tadbirkorga sotib yuborildi. Bir muddat mahalla raisi uyidan turib işladi. Söng qöşni mahallada işlamay qolgan dökon örnini egalladi. Yoğoç devorli bino ham köpga bormadi. Tağin sarsongarçilik boşlandi. Şunday kunlarning birida mahallaning eski binosi yonidan yer ajratilib, guzar qurildi.
Öşa davrdagi yana bir oğriqli nuqta. Mahalla boşqa idoralarga maʼlumotnoma beradigan tuzilmaga aylanib qolgandi. Sira yodimdan çiqmaydi. Bir safar oliy taʼlimga hujjat topşiriş uçun olis vohadan Toşkentga keldim. Hamma hujjat qölimda. Faqat yaşaş manzilim haqida mahalladan maʼlumotnoma olmagan ekanman. Şu sabab hujjatim qabul qilinmadi. Vaholanki, pasportimda qaysi mahallada yaşaşim haqida muhr bor. Uni tuman içki işlari tasdiqlagan. Lekin uning qiymati köçada yozib oliş mumkin bir parça qoğozçalik emas ekan. Ana şu maʼlumotnomani oliş uçun mahalla raisini izlar, ming tavallo bilan maʼlumotnoma olardik. Oçiq gap, har bir maʼlumotnomaning öz bahosi bor edi. Qoğoz puli!
Bundan taşqari, oğir vaziyatdagi şaxslarga beriladigan nafaqa va yordam pullarini ham mahalla raisi hal etardi. Davlat xizmatlarining katta qismi onlayn körsatiladigan böldi. Mahalladan maʼlumotnoma oliş butkul bekor qilindi. Ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimi tubdan yangilandi. Avval har bir xonadon örganilgan bölsa, endi har bir şaxs alohida eʼtiborga olinmoqda. Ota işlab yaxşi daromad olib kelyaptimi, böldi degan qaraş eskirdi. Endi maktabni tamomlagan öğil nima qilyapti, bolasi boğçaga bormayotgan kelinning ahvoli qanday degan qaraşlar ustuvorlik kasb etmoqda. Maqsad esa bitta — xalqni rozi qiliş!
Samaradorlik amaliy natija bilan isbotlanmoqda. Buning uçun aniq reja mustahkamlab olingan. Jumladan, “Özbekiston — 2030” strategiyasida mahallani rivojlantiriş 74-maqsad sifatida mustaqil ustuvor vazifa tarzida belgilangan. Unga köra, mahalla aholi farovonligini taʼminlaş va hududlardagi kundalik masalalarni hal etişda jamoatçilik bilan davlat organlari örtasidagi “tayanç köprik”ka aylantiriladi. Bu maqsad doirasida aholi taşabbusi asosida mahallalar infratuzilmasiga ajratiladigan mablağ 2030-yilgaça 16 trillion sömdan 24 trillion sömga çiqariladi. Şuningdek, mahallalardagi interaktiv kiosklar orqali körsatiladigan davlat xizmatlari soni 50 mingtadan 1 milliontaga yetkaziladi.
Yana bir muhim jihat. Strategiyada mahallalarda 3940 ta xotin-qizlar bandligi va salomatlik markazini taşkil etiş nazarda tutilgan. Ular rözğor taşvişi va bola tarbiyasi bilan band ayollarga uyidan uzoqlaşmay kasb örganiş, işga joylaşiş va soğliğiga eʼtibor qaratiş imkonini beradi.
Qolaversa, kamida 5 mingta sport maydonçasi barpo etiş, turizm mahallalari sonini 140 taga yetkaziş maqsad qilingan. Oçiği, Toşkentga kelgunimça çiqindi maxsus texnika orqali olib çiqib ketilişini bilmaganman. Bugun eng çekka qişloqlarda ham bu xizmat yölga qöyilyapti. Strategiyadagi maqsadga köra, maişiy çiqindilarni olib çiqiş xizmatlari bilan mahalla kesimida qamrab olişni 90 foizga yetkaziş nazarda tutilgan. Bu maqsadlar amalga oşişi natijasida aholi köplab masalalarini uzoqqa bormasdan, öz mahallasida hal qila oladi. Xususan, bolalar uçun sport maydonçalari paydo böladi. Maʼlumotnoma yoki boşqa davlat xizmatini oliş uçun tuman markaziga qatnaş şart bölmaydi. Har bir vazifa uçun aniq raqam va masʼul idora belgilangan. Şu bois, işlar qanday keçayotgani aniq körinib turadi.
Muhimi, ana şu yangilanişlar aholining özi bildirgan taklif va ehtiyojlarga tayanib bajariladi. Mana şuning öziyoq maqolamiz avvalida aytganimiz asl ildizlarga tayanib, zamonaviy imkoniyatlar yaratilayotganini körsatadi. Maqsad esa ezgu: inson qadrini uluğlaş orqali bir butun xalq, yagona vatan bölib birlaşiş!
Quvonarlisi, islohotlar çiroyli raqamlar emas, samaradorlik, amaliy natija bilan baholanmoqda. Oddiy misol, kambağallikni qisqartiriş borasidagi raqamlarni olaylik. Ilgari kambağallik, işsizlik degan sözlarni hatto tilga oliş ham mumkin emasdi. Bugun oçiq aytilyapti, kambağallik darajasi 3 foizdan past bölgan mahalla va tumanlar “kambağallikdan xoli” hududlar hisoblanadi. Şuning öziyoq raqam emas, aniq natija uçun islohotlar qilinayotganini körsatadi.
Maqolamiz avvalida dunyo sivilizatsiyalarini birlaştirgan uç ustun — inson kapitali, birdamlik va iqtisodiy barqarorlik haqida gapirgan edik. Bugun mahallalardagi özgarişlarni kuzata turib, şu uç ustunning mohiyatini körganday bölaman. Nazarimda, mahallalardagi infratuzilma yaxşilanişi, aholining kasbga öqitilişi, yangi boğça va maktablar inson kapitalini yuksaltirişga xizmat qiladi. Yaʼni bu işlar sabab kambağallik kamayadi. Işsizlar safi qisqaradi, xalqimiz öz oldiga katta maqsadlar qöyadi. Bolamni öqitsam, özim eng zamonaviy kasblarni örgansam deydi. Şu zayilda inson kapitali yuksaladi. Bu, öz örnida, iqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladi. Tökinlik esa jamiyatdagi birdamlikni mustahkamlaydi.
Mahalla tizimida nuroniylarga katta eʼtibor berilmoqda, “Buvijonlar maktabi” kabi tajribalar ayrim böşliqlarni töldirmoqda. Muhimi, xalqni bitta ğoya — vatanparvarlik ruhi atrofida birlaştira olişdir. Şundagina taraqqiyot formulasi deganimiz tom maʼnoda özini oqlaydi. Şu bois, bugun mahallalarda xalqimiz könglidagi orzu-umidlar röyobga çiqmoqda. Zero, 2026-yil nomida mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş maqsadlari jamlanişida ham ana şunday katta hayotiy haqiqatlar bor!
Boboravşan ĞOZIDDINOV,
“Yangi Özbekiston” muxbiri