Davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, xususan, fuqaro aviatsiyasi sohasini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, yurtimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 80-yilligi munosabati bilan «Birodar shaharlar alyansi» nodavlat notijorat tashkiloti raisining maslahatchisi Tyan Valeriy Nikolayevich «Shuhrat» medali bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev