Qonunga koʻra, mazkur norma 2020 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 iyungacha boʻlgan davrga nisbatan tatbiq etiladi. Shu munosabat bilan soliq organlari tomonidan ushbu muddat uchun avval hisoblangan soliq summalari qayta hisob-kitob qilinadi.
Hujjat bilan, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qator oʻzgarishlar kiritildi.
Jumladan:
- vakolatli tashkilotlar masʼuliyatini oshirish;
- huquqni eʼtirof etishga toʻsqinlik qiluvchi ayrim mexanizmlarni soddalashtirish;
- fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida soliq qarzdorligi tushunchasini aniqlashtirish;
- huquqlarni eʼtirof etish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirish;
- huquqlarni eʼtirof etish uchun bir martalik toʻlovni boʻlib-boʻlib toʻlashni amalga oshirish tartibi va shartlarini belgilash;
- huquqlarni eʼtirof etish ishlari bilan bogʻliq shikoyatlarni koʻrib chiqish mexanizmlarini takomillashtirish.