Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Qarshi shahar soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektorlari M.A., Sh.T. va boshqalar 97 nafar soliq to‘lovchilardan 122,6 mln so‘mni guyoki soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olib, ushbu pullarni soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisob-varag‘iga kirim qilmasdan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.