Bu haqda IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti axborot xizmati maʼlum qildi.

Tanlov g‘oliblari Ichki ishlar vazirligi tomonidan pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tdi. Shu kuni Ichki ishlar vazirligi va markaz o‘rtasida hamkorlik memorandumi ham imzolandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, ikkinchi o‘rin Navoiy viloyati IIB kapitanı Bunyod To‘ymurodovga, uchinchi o‘rin esa Beruniy tumani IIB leytenanti Elmira O‘rozmatovaga nasib etdi.

Tadbirda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Diyorbek Sattarov, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, vazirlik va markaz vakillari hamda tanlov ishtirokchilari qatnashdi.

Imzolangan memorandum ichki ishlar organlari xodimlari, kursantlar va tinglovchilarning tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, buyuk allomalar merosini chuqur o‘rganish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida markazda ochiq darslar, ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, konferensiya va seminarlar o‘tkazish, shuningdek, xodimlar uchun ekskursiyalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ushbu tashabbuslar xodimlarning nafaqat kasbiy mahoratini, balki ma’naviy salohiyatini ham yuksaltirish, ularda milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.