Yangi tartibga koʻra, tanlovda ishtirok etib, 2–5-bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biriga davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talablikka tavsiya etilgan abituriyentlar oʻz xohishiga koʻra ustuvorlik tartibida birinchi boʻlib tanlagan taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt, yaʼni super-kontrakt asosida oʻqishi mumkin.
Mazkur tartib maqsadli qabul asosida talablikka tavsiya etilgan abituriyentlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bunda oʻqishga qabul qilish oliy taʼlim tashkiloti rektori yoki direktori tomonidan belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlash sharti bilan amalga oshiriladi.
Yangi tartib barcha davlat oliy taʼlim tashkilotlariga, shu jumladan, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotlariga ham tatbiq etiladi.