Viloyat hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, oʻtgan yili Gullar festivaliга tayyorgarlik doirasida viloyat boʻyicha jami 100 million tup gul koʻchati ekilgan edi. Joriy yilda esa bu koʻrsatkich 150 million tupga yetkazildi.
Natijada Namangan “Jamoa boʻlib bir oy davomida eng koʻp ekilgan gullar” yoʻnalishida Guinness rekordini oʻrnatdi.
Bugun festivalning tantanali ochilish marosimida mazkur yutuqni tasdiqlovchi maxsus sertifikat Guinness World Records vakili Sheyda Subasi tomonidan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovga tantanali ravishda topshirildi.
Shu tariqa Namangan dunyodagi sanoqli shaharlar qatorida Ginnessning “Rekordlar kitobi”ga kiritildi.