Davlatimiz rahbari “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yoʻl” shiori ostida oʻtadigan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yigʻilishida ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi.

Oʻzbekiston yetakchisi jahon iqtisodiyotidagi vaziyat, Oʻzbekiston – Rossiya iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashadi, shuningdek, mamlakatimizni rivojlantirishning bugungi ustuvor yoʻnalishlariga toʻxtalib oʻtadi.

Tashrif dasturida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazish hamda yurtimizda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish koʻzda tutilgan.