Uchrashuv davomida joriy yil 11-noyabrdan o‘z lavozimiga kirishayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi oldida turgan ustuvor vazifalar, O‘zbekiston va tashkilot o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan TDT sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori tashkiliy saviyada va mazmunli o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari Mirvohid Azimovni mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, uning Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi sifatidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar va samarali natijalar tiladi.